VIII
asrda
arablar yurtimizni egallagach, arab alifbosi joriy etildi.
Masjidlar qoshida maktablar ochildi. Maktablarda o ‘qish arab yozuvi
asosida olib borildi. 0 ‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida
boshlang‘ich ta’lim maktablari ochildi. Ular
maktabxona
deb atalgan.
0 ‘g‘il bolalar maktablarining ko‘pchiligi masjidlar qoshida, qiz bola
lar maktablari esa muallima ayollarning uylarida ochilgan. 0 ‘g‘il
bolalarni o‘qitadigan
erkak muallim domla, qiz bolalarni o‘qitadigan
ayol muallima esa otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa deb atalar edi.
Bolalar maktabxonaga 5—6, b a ’zan 6—8 yoshidan qabul qilingan.
0 ‘qish m uddati 5—8 yil davom etgan.
M aktabxonalarda bolalar
o ‘qish-yozishga o ‘rgatilgan va m adrasalarga o ‘qishga kirishga
tayyorlangan.
Qorixona.
0 ‘qish-yozish malakasini hosil qilgan, yod olish qobili-
yati kuchli, ovozi nihoyatda ta ’sirli o ‘g‘il bolalar 10
yoshidan
qorixonalarda qabul qilingan. Qorixona o‘quvchilari, asosan, Qur’oni
karimni yod olganlar va uni qiroat bilan o‘qishni o‘rganganlar. Ular-
ga qiroati kuchli bo‘lgan qorilar dars berishgan. Qiroatxonada o‘qish
3—4 yil davom etgan. So‘ng bo‘lajak qorilar im tihon topshirganlar.
Eng iqtidorli o ‘quvchiga «qorilar qorisi» unvoni berilgan. Shundan
so‘ng ular xalq va din yo‘lida xizmat qilishgan.
Xohlaganlari madrasada
o‘qishni davom ettirgan.
Madrasalar, asosan, davlat boshqaruvi xizmatchilari hamda diniy
ulamolami tayyorlagan. Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro
shahrida ochildi. Madrasalarda o‘qish talabalarning
iqtidoriga qarab
7—12 yil davom etgan.
Madrasa o ‘qituvchilari
mudarrislar
deb atalgan. Madrasalarda
talabalarga diniy bilimlardan tashqari astronomiya,
matematika,
tibbiyot, kimyo, geografiya, tarix, adabiyot,
xattotlik, musiqa, axloq
va notiqlik san’ati, tijorat kabi fanlardan saboq berilgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: