sohasida
katta kashfiyotlarni amalga
oshirganlar.
Tarbdmizda Xorazmshohlar davlatini
to‘rtta sulola boshqardi. Ulardan ikkin-
chisi — m a’muniylar
sulolasi hukm-
ronligi davrida (995— 1017-yillar) ilm-
fan taraqqiyotiga katta e ’tibor berildi.
Sulolaning so‘nggi hukmdori M a’mun
ibn Ma’mun (999— 1017-yillar) ayniqsa,
bu borada tarixda o‘chmas iz qoldirdi.
U o‘z davrining ilmlarini puxta egallagan hukmdor edi. Ayni paytda,
ilm -fan va madaniyat taraqqiyotiga homiylik ham qildi. Uning
homiyligi va rahbarligida 1004-yilda mamlakat poytaxtida «Dor-ul
hikma va maorif» ilm-fan markazi tashkil etildi.
Keyinchalik olimlar uni «Xorazm Ma’mun akademiyasi» deb atadilar.
Bu ilm-fan markazida Abu Nasr ibn Iroq,
Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Abulxayr ibn Hammor kabi o‘sha davrning o‘nlab buyuk
allomalari faoliyat yuritdilar.
Yodda tuting!
«Ilm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin», — degan ibora
akademiya allomalarining shiori edi.
Akademiya allomalari matematika,
astronomiya, tuproqshunoslik,
geografiya, tibbiyot va qonunshunoslik kabi fanlar bilan shug‘ullan-
dilar va jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar. Afsuski,
akademiya atigi deyarli 14 yil faoliyat ko‘rsatgan, xolos.
1017-yilda Xorazmshohlar davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgach
akademiya faoliyati to ‘xtab qolgan.
0 ‘zingizni sinang
♦ M a’mun ibn M a’m un — ... .
♦ 1004-yilda — ... .
1997-yilda 0 ‘zbekiston Prezidenti
Islom Karimovning Xorazm
M a’m un akademiyasini qayta tiklash haqidagi tarixiy farmoni e’lon
qilindi. Ha, oradan salkam ming yil o‘tib shunday qilindi. Akademiyani
qayta tiklashdan qator ilmiy va amaliy maqsadlar ko‘zlangan, albatta.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: