Tarixiy materiallardan integrativ asosda



Yüklə 49,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü49,76 Kb.
#205026
  1   2   3   4
28 (1)



International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org June 8
th
 2022 
97 
TARIXIY MATERIALLARDAN INTEGRATIV ASOSDA 
FOYDALANISH ORQALI O`QUVCHILARDA MUSTAQIL 
FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH 
 
Yursinboyev Jahongir Mehrojidin o`g’li 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi 
Annotatsiya
. Mazkur maqolada umumta`lim maktablarida boshlang`ich sinf o`quvchilaridan boshlab o`quv 
jarayonlarida tarixiy materiallardan samarali foydalanish orqali mustaqil fikrlashni rivojlantirishning 
shakllari, usul va vositalari bo`yicha ma`lumotlar keltirilgan hamda bu bo`yicha ilmiy farazlar taqdim 
qilingan.
Kalit so`zlar
: mustaqil fikrlash, tarixiy meros, induktiv, deduktiv, tarixiy ong, tarixiy dalil, manbalar, tarixiy 
xotira, uzviylik, metodlar, tarixiy fikrlash, ko`rgazmalilik, integratsiya, o`zlikni anglash 
O`quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda matematika fanining ham o‘rni beqiyos. Matematika darslarida 
tarixiy materiallarda foydalanish orqali o‘quvchida kichik yoshdan tarixiy onggini shakllantirishimiz va 
rivojlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Chunki matematika darslarida tarixiy materiallaridan foydalangan holda 
dasr o‘tish o‘quvchilar bilish faoliyatining barsa bosqichlarida bilimlari qiziqshlarini kuchaytiradi. O‘tmish 
tariximizda buyuk mutafakkir olimlar juda katta ilmiy didaktik meros qoldirgan bo‘lib, bu o‘quvchining 
tarixiy bilimlarga xos kompetentligini shakllanishiga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, tarix 
xalqning haqiqiy tarbiyachisidir, ulug‘ ajdodlarimizning merosi va Vatan oldidagi jasorati boladagi tarixiy 
xotiralarini jonlantiradi, unda yangicha dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy-ahloqiy tarbiya va saboq 
olishning manbaiga aylanadi. Markaziy Osiyo tarixida, o‘zlarining siyosiy ong, ahloqiy jasoratni, diniyo 
dunyoqarash va qomusiy bilimlarni mujassamlashtirigan buyuk siymolarning boy ilmiy merosi bizni tarixiy 
tafakkurimzni yanada kengaytiradi.
Buyuk mutafakkurlarimizni o‘qitish bo‘yicha haqiqy asoschilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi, Al-
Xorazmiyning uzluksiz ta’lim orqali shaxs kamol topishi mumkinligini asoslagan nazariyasiga ko‘ra, induktuv 
va deduktiv tafakkurdagi individuallik va integratsiya birligi yanada muayyanlashtirildi.
Al-Farobiy o‘qitish usullarining tasnifini ishlab chiqdi, ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratdi va shu 
tariqa o‘qitishning amaliy yo‘nalishi hamda kishilaning kundalik faoliyati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari surdi. 
Al-Farobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalariga oid mufassal tavsiyalarini taqdim qildi. Uning fikricha, 
yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsada, quyidagi 3 ta shartga rioya qilishi 
shart: 
mazkur fan asosidagi barcha tamoyillarni to`liq bilish; 
mana shu tamoyillardan mazkur fanga oid ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqarish4 
noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish, haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatoni to‘g‘rilash uchun boshqa 
mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish. 
Boshlang‘ich sinf matematika fanini o‘qitish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishni tashkil etish, 
o‘zining tizimiga asosan ikki maqsadni parallel ravishda amalga oshiradi. Birinchidan, matematik qonuniyat, 
dalil, formulalarni na faqat matematikada emas, balki boshqa fanlarda ham undan foydalanish uslublari 
ko‘rsatiladi. Buning natijasi o‘laroq, shu sohada o‘quvchilar bilimi chuqurlashadi. Shu sababli matematikani 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tarixiy materiallar bilan qo‘shib o‘qitishda o‘zini pedagogik va psixologik 
jihatlari bilan farq qilishi bilan birga o‘qitish jarayonida ishlatiladigan metodlarni o‘zaro uzviylik didaktik 
ketma-ketligi bilan ham ajratish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, pedagogikada o‘qitish metodlari, o‘rganish 
metodlari bilan birgalikda dars berish metodlari ham mavjud. Ayniqsa, dars berish metodlari o‘zining tuzilish 
jihatidan o‘qitish va o‘rganish metodlarining samarali ketma-ketligining yig‘indisi sifatida yuzaga kelishi 
sababli u har bir o‘quvchida alohida shakllanadi. Zero, boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish 
jarayonida metodlar majmuasidan to‘g‘ri foydlanish o‘quvchilarni yaxshi o‘zlashtirishiga muhim omil bo‘la 
oladi.



Yüklə 49,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin