International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https :
econferencezone.org June 8 th 2022 98 Tarixiy materiallarni o‘qitish jarayoni, muammoli metod va tushuntirish metodlari orasida bog‘lanish bo‘lib,
ular o‘zining tuzilishiga ko‘ra, monologik, dialogik, ko‘rgazmalilik, evristik, izlanuvchanlik, algortmik,
dasturlashtirish kabi metodlar bilan bog‘lanadi. Dars berish jarayonida shu turdagi metodlarni qo‘llash
jarayoni o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyat berilayotgan o‘quv materialining mazmunini
tuzilishiga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Masalan, o‘quvchilarni “vaqt”, “taqvim”, “ulush” kabi o‘lchov
birliklari bilan tanishtirish darslarida tarixiy materiallarni o‘rgatish jarayoni boshqa darslarga nisbatan bir oz
farq qiladi. Darslarning turllaridan tarixiy materiallarga oid tushunchalar tizimini yanada kengaytirish
imkoniyati ortadi. O‘qitish metodida esa, tarixiy materiallardan ko‘rgazmalilikka tayangan holda o‘qitishni
tashkil qilish o‘quvchilarning tarixiy ongini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, tarixiy
materiallarning o‘zini o‘qitishda o‘quvchilarni mavhum fikrlashining o‘sishiga yordam berish bilan birga
qo‘llaniladigan metodlar, qoidalar, omillar, materiallarning o‘zaro bag‘lanishi, bir-birini to‘ldirishini
ta’minlash va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. O‘quvchida iqtidorlilik ham
rivojlanib, bolada matematik mantiq, ko‘nikma va malakalarning ham rivojlanishiga alohida hissa qo‘shadi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida “o‘zlikni anglash tarixni
bilishdan boshlanadi”, degan muhim g‘oyalari mavjud. Kichik yoshdan o‘tmish tarixini bilish o‘z xalqi va
millatiga xos tarixiy saboqlarni bilishni va undan tegishli xulosalar chiqarishni o‘rgatadi. Asrlar davomida
ajdodlarimizning aqlu-zakovati bilan yuzaga kelgan milliy qadriyatlar inson shaxsining har tomonlama kamol
topishida yetakchi omil bo‘lib kelgan. Shu sababli bugungi kunda yosh avlodning ongini boyitish katta
ahamiyatga ega. O‘sib kelayotgan yosh avlodni ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy boyliklar bilan
tanishtirish ularning dunyoqarashini yanada kengaytiradi, bilim darajasini yuksaltiradi. O‘tmishda goh
ayanchli, goh hayajonli kechgan tarixini ajdodlarimiz merosi orqali tanishishi bolada milliy g‘urur, milliy
iftixor tuyg‘ularini shakllanishiga yordam beradi.
Buyuk ajdodlarimizning matematika sohasidagi ishlari haqida matematika tarixiga oid manbalarda ko‘plab
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Keyingi yillarda A.Axmedov, A.P.Yushkevich, G.N.Qori-Niyoziy,
S.X.Sirojiddinov kabi olimlarimiz ishlarida shu mutafakkirlarimiz haqidagi, ularning matematika fanining
rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ko‘plab ma’lumotlar keltiriladi. O‘qituvchi darsda yoki darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda O‘rta Osiyo olimlarining ishlariga doir tarixiy materiallari haqida ma’lumot berib borsa,
o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishi ortadi, tarixiy ongi shakllanadi.
O‘quv mashg‘ulotlarida, sinfdan tashqari ishlarda, to‘garaklarda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘tmishdagi va
hozirgi davrdagi buyuk olimlarning tarjima hollari, ularninig ilmiy xizmatlari bilan tanishritib borishi bolada
o‘z halqining tarixiga nisbatan jiddiy qarashni shakllantiradi va Vatanga bo‘lgan muhabbat rivojlanadi.
Masalan, buyuk o‘zbek matematik olimi Al-Xorazmiy tarjima holi va uning ilmiy xizmatlari ayniqsa katta
ahamiyatga ega
1
.
Maktabda fanlarni o‘qitish metodi milliy tarbiyaning umumiy masalalaridan va matematika, o‘qish, tarbiya
kabi fanga oid, materiallarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda o‘z vazifasini belgilab olishi kerak.
Maktabda fanlarni o‘qitishning eng muhim vazifasi bu fanni o‘quvchilarga chuqur singdirishdir. Fanlarni
metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitish bilan bir qatorda mafkuraviy masalalarni hal qilishga ham katta yordam
beradi.
O`quvchilarda milliy mafkura asosida tarbiya barcha darslarda tarixiy materiallarni qo‘llanishda amalga
oshiriladi. O‘qituvchi fanlarning tarixi haqidagi ma’lumotlardan foydalangan holda dasturni o‘quvchi
tomonidan o‘zlashtirilishini osonlashtirish imkoniga ega bo‘ladi, buning natijasida eng qiyin bo‘lgan nazariya
ham bola tomonidan oson o‘zlashtiriladi. O‘qituvchining eng ma’suliyatli vazifasi o‘quvchilar bilan muomala
qilishda xulq-atvor to‘g‘risida chuqur o‘ylab ko‘rish, o‘qitish uslubi, o‘quvchilardan talab qilish tizimi,
shundan kelib chiqadigan tarbiyaviy ta’sir jamiyat manfaatiga muvofiq kelishi lozim.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada oshirish yosh avlod oldidagi katta vazifalardan biridir. Milliy
mafkuraning barcha harakatlantiruvchi kuchlari uning ravnaqi, xalqining farovonligi va tarixiy madaniyatini
tiklashga qaratish yoshlar zimmasidadir. Buning uchun bo‘lajak l o‘qituvchilar ham qat’iyatli, to‘siqlardan
qo‘rqmaydigan, aksincha, ularga qarshi doim optimal qarorlar qabul qila olish kompetentligiga ega kreativ
bilimdon bo‘lishlari talab etiladi.
1
Таджиева З.Г., Жумаев М.Э. ва б. Бошланғич синф математика таълими самарадорлигини оширишда тарихий
материаллардан фойдаланиш / ўқув қўлланма. -Т.: 2007.