Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya tarixi



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə1/11
tarix08.04.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#95024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi


Kirish
Ushbu dastur “Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya tarixi” fanining tarix fani tizimida tutgan o‘rni, fanning maqsadi, vazifalari va predmeti, tadqiqot ob’ektlari, fanining shakllanishi va rivojlanishi, dastlabki ilmiy jamiyatlarining tashkil qilmnishi hamda ularning faoliyati, jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, Tarixiy o‘lkashunoslikning turlari, ilmiy ya’ni davlat o‘lkashunosligi, jamoat o‘lkashunosligi, maktab o‘lkashunosligi. Vatanimizning geografik o‘rni va tabiati, Tarixiy o‘lkashunoslikda arxeologik, me’morchilik, etnologik, antropologik, toponimik, yozma va arxiv manbalarining ahamiyati, muzey manbalaridan foydalanish va ulardan o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. O‘lkamizda shaharsozlik urbanizatsiyasi va davlatchilikning qaror topishi. O‘lkamizda qadimgi davlatlar va shaharlar to‘g‘risida yozma manbalar, Vatanimizning janubiy hududlarida qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘rta asrlar davrida yaratilgan manbalarda “shahar” tushunchasi. X-XII asrlarda shahar madaniyatining ravnaqi, Amir Temur va Temuriylar davrida shaharsozlikning rivojlanishi. So‘nggi o‘rta asrlarda o‘lkamizda urbanizatsiya jarayonlarning taraqqiy etishi kabi jihatlarni o‘rganishga etibor qaratilgan.
SHuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, har bir yosh avlodda o‘z o‘lkasi tarixini o‘rganish va vatanni sevish hisini o‘yg‘otish, Bugungi kunda o‘lkamizda olib borilayotgan barcha xayirli ishlarni yoshlar ongiga singdirish, o‘z tuprog‘i, ona zamin va o‘lkasini qadrlashga undash kabi masalalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda Vatanimiz tarixiga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - O‘lkamizning qadimgi tarixi va uning asosiy bosqichlarini, davlatchilik va shaharsozlik madaniyati, toponimik ma’lumotlar va ularning xronologiyasi, o‘lka tarixini o‘rganishda arxeologik, etnologik, yozma va arxiv ma’lumotlani, X-XII asrlarda shahar madaniyatining ravnaqi, So‘nggi o‘rta asrlarda o‘lkamizda urbanizatsiya tarixining taraqiy etishi kabilarni o‘rgatishdan iborat.

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin