Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya tarixi


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə3/11
tarix08.04.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#95024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya tarixi fanini o‘zlashtirish uchun ularga o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi. SHuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hisoblangan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Nima uchun”, “Assesment”, “Blits o‘yin”, “Insert”, “SWOT –tahlil” metodi va boshqa usullardan foydalanib darslar olib boriladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
O‘lkashunoslik faning shakllanishi va rivojlanishi tarixidan
Tarixiy o‘lkashunoslik fanining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Avesto va qadimgi manbalarda o‘lkamizning nomlari. Arab manbalarida o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar va ularning ahamityai. IX-XII asrlarda o‘lkadagi siyosiy va iqtisodiy hayot. Amir Temur va temuriylar davrida o‘lkamiz. SHayboniylar davrida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Xonliklar davri o‘lkashunosligi.Tarixiy o‘lkashunoslikning tarix fani tizimida tutgan o‘rni. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining tadqiqot ob’ektlari, Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi, Tarixiy o‘lkashunoslik fanining rivojlanishida ilmiy jamiyatlarning o‘rni. Rossiyasiya imperiyasining o‘lkamizdagi mustamlakachilik siyosati va o‘lkani o‘rganish masalasi. Evropa tadqiqotchilari tomonidan o‘lkamizning o‘rganilishi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor.
O‘zbekistonning tarixiy geografik o‘rni va tabiiy iqlim sharoitlari
O‘lkamizning tarixiy-madaniy viloyatlari Baqtriya, Maarg‘iyona, Sug‘diyona, Xorazm, Ustrushona, CHoch, Farg‘onaning geografik o‘rni. Antik davrida o‘lkamizning qadimgi davr tarixiy geografik o‘rni. Kushonlar davri tarixiy geografiyasi. Ilk o‘rta asrlar davrida o‘lkamiz tarixiy geografiyasi. IX-XIII asrlar tarixiy geografiyasi. Amir Temur, temuriylar va shayboniylar davri tarixiy geografiyasi. Xiva, Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligining geografik o‘rni. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi va relefi. Iqlim sharoitlari. Suv resurslari. Tabiiy o‘simliklar qatlami va hayvonot olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy iqlim sharoitlari va landshaftlar tipi.

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin