Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni O‘lkamiz tarixini o‘rganishda arxeologiya fanining tutgan o‘rni va ahamiyati. Modidiy manbalar va tabiiy manbalar. Tosh davri xususiyatlari. Tosh xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga (dehkonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik) o‘tish va ularning keyingi taraqqiyoti. Bronza va temir davrlari xususiyatlari. O‘troq dehkonchilik va ko‘chmanchi qabilalarning tarqalishi. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati. O‘lkamizda Antik davri me’morchiligi va san’ati, ilk o‘rta asrlar davri shaharlari va me’moriy obidalari. O‘zbekistonning XI-XIII asr boshlarime’moriy yodgorliklari va me’morchiligi. O‘zbekistonning Amir Temur, Temuriylar va SHayboniylar davri memorchiligi asrlar davri me’morchiligi. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonligi me’morchiligi. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy natijalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yilda qabul qilingan "Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunining o‘lka tarixini o‘rganishdagi o‘rni.
Paleontropologik va etnografik ma’lumotlarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati O‘lkashunoslikni o‘rganishda paleontropologik ma’lumotlarning o‘rni. Antropologiya va etnologiya fanining tadqiqot obe’ktlari. O‘zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O‘zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo‘lishi va voha bo‘ylab tarqalishi. Qadimda o‘lkamizda majud bo‘lgan irqlar, mongoloid irqining o‘lkamizga kirib kelishi. O‘lkamiz qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi. Toshkent vohasining qadimgi aholisi. Kushon Baqtriya aholisi, Zarafshon vohasi aholisi, Farg‘ona vodiysining qadimgi aholisi. O‘lkamizdagi etnik guruhlar. (So‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari. O‘rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining etnik tarkibi. O‘lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi. Dastlabki etnografik ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar. Rossiya va Evropa tadqiqodchilari tomonidan o‘lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi. Qadimgi diniy tasavvurlar, urf-odat va irimlar.