Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Reja



Yüklə 57,78 Kb.
səhifə3/3
tarix10.06.2022
ölçüsü57,78 Kb.
#61163
1   2   3
Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshken

Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi
Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega.
Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor ko'chmanchi qabilalar sardorlari tomonidan o'ldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil
Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida "10 Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Yüklə 57,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin