3.3. Satira mazmunining kommunikativ xususiyatlari XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi:
Matn tilshunosligi.
Sociolingvistika.
Psixolingvistika.
Lingvistik pragmatika.
1. Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzac (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi.
Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq boshlangan edi. Bu o`rinda A.M.Peshkovskiyning “Russkiy sintaksis v nauchnom obshenii” (1934), V.V.Vinogradovning “O xudojestvennoy proze” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Kurs russkogo literaturnogo yazika” (1952) kabi asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Chunki xuddi ana shu tadqiqotlar uning muallifi o`ziga xos lisoniy xususiyatlari singari muammolarni o`rganishni boshlab berdi.
Hozirgi tilshunoslikda matn atamasiga turlicha ta`riflar berilmoqda. Masalan, tilshunos olim P.Gironing fikricha, matn o`zaro bog`langan birliklar butunligi bo`lib, bu butunlikni tashkil etuvchi belgilar ishoralar uslubiy taassurotni ifodalash maqsadida bir-biri bilan munosabatga kirishib yagona sistemani tashkil etadi.
Matnga aniq, to`g`ri ta`rif berish uchun uning xususiyatlarini belgilash lozim. Tilshunos S.Todorovning aniqlashiga ko`ra har qanday matn uch xususiyatga ega: a) jarayon, b)sintaksis xususiyat, v)semantik xususiyat. Matn aniq gaplardan tashkil topadi, bu esa matnning jarayon ekanini isbotlaydi. Matnning sintaktik xususiyati deyilganda matnni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi o`zaro bog`lanish tushuniladi. Matnning semantikasi esa uning mazmunini o`zida ifoda etadi. Demak, matn ma`lum sistema asosida tuzilgan, o`z mazmuniga (semantikasiga) ega bo`lgan, tugllangan nutqiy faoliyat mahsulidir.
Badiiy matn tilshunosligida matn mazmuni va matn ma`nosi atamalari o`zaro farqlanadi. Ma`lum bir matndan o`rin olgan ma`lumot yoki axborot matnning mazmunidir. Matnning ma`nosi esa matn birliklari (gap, sintaktik butunlik, abzac) ga xos axborotdir. Matnning mazmuni unda ifodalanayotgan axborotning uzil-kesil yakunlanganligi bilan bog`liqdir. Matn ma`nosi esa tugal fikr anglatsa ham o`sha fikrning yana davom etishini taqozo etadi. Bundan ko`rinadiki, gap va matn o`rtasidagi asosiy farq yakunlanganlikning mutlaqligida tugallanganlikning esa nisbiyligidadir.
Matn o`ziga xos grammatik kategoriyaga ega: a) ma`lumot (axborot) kategoriyasi tabiat, voqea-hodisa, ish-harakat kabilarni ifoda qilish, ular yuzasidan u yoki bu darajada fikr yuritishni anglatadi; b) integraciya kategoriyasi – bu kategoriya matn birliklari orasidagi uzviylik, bog`liqlik, aloqadorlik kabi munosabatlarni ko`rsatadi; v) retrospekciya kategoriyasi – bu kategoriya matn orqali ma`lum qilinayotgan voqea-hodisani ketma-ket, izchil hikoya qilish orqali ro`yobga chiqadi.
Masalan, quyidgi misolda rus va o‘zbek tarjimoni asliyatdagi pragmatik ma’noni kitobxonga tushunarli tarzda yetkazish uchun tarjimada “Kolumbus” so‘zini qo‘shgan.
- The hotel, into which they were thus summarely introduced, was a rather remarkable speciman for the time and place.
- Отель, куда они так неожиданно попали, был для того времени и для горда Колумбуса весьма примечательнм заведением.
- Ona-bola nogohon ish boshlagan musofirxona o‘sha paytlar uchun ham, Kolumbus shahri uchun ham nihoyatda ajib bir dargoh sanalardi.
Asliyatdagi pragmatik ko‘rsatkichlar yoki pragmatik belgilarning tarjimon tomonidan to‘g‘ri aniqlab olinishi, tarjimada ham ularning to‘g‘ri qayta yaratilishiga zamin yaratadi.
- One morning, in the fall of 1880, a middle – aged woman accompanied by a young girl of eighteen, presented herself at the clerk’s desk of the principal hotel in Columbus, Ohio, and made inquire as to whether there was anything about the place that she could do.
Asliyatdagi «presented, principal hotel, clerk’s desk, a young girl of eighteen» kabi so‘zlar pragmatik belgilar bo‘lib, ularni to‘g‘ri anglagan tarjimon tarjimada ham ushbu pragmatik belgilarni nisbatan qayta yarata olgan:
- 1880 yil kuzining subhidamlaridan birida yoshi o‘tinqiragan bir ayol o‘n sakkizga kirgan qizi bilan Kolumbus shahridagi (Ogoyo shtati) manaman degan mehmonxonaga bosh suqdi-da, nozirga yaqinlashib, bu yerda birorta ish topilarmikin, deb so‘radi.
Matn nutqiy faoliyatning bir butun mahsulidir. Uni ana shunday mahsulot ekanligini ta`minlashga xizmat qiluvchi kategoriya matn tilshunosligida integraciya (lotincha to`ldirmoq) kategoriyasi deb yuritiladi. Umuman integraciya kategoriyasi matnning yakunlanishi bilan bog`liq kategoriya sifatida ko`rinadi.
Matnshunoslik bilan shug`ullanuvchi ayrim olimlar integraciya va kogeziya atamalarini bir-biridan farqlaydilar. Kogeziya matn qismlari orasidagi bog`liqlikni grammatik, semantik va leksik vositalar bilan ta`minlashni anglatadi. Integraciya kategoriyasi esa matnning bir butunligini ta`minlash maqsadida ularni birlashtirishni ifoda etadi. Demak, kogeziya mantiqiy kategoriya bo`lsa, integraciya psixologik kategoriya sanaladi.
Uzil-kesil, tugal fikr anglatish matnning asosiy xususiyatidir. Har qanday matn (u yozma bo`ladimi, og`zaki bo`ladimi, qat`iy nazar) fikrlar yig`indisi bo`lib, o`zaro uzviy bog`langan mulohazalarni o`z ichiga oladi. Matnning chegarasini uni yaratuvchi shaxs (yozuvchi yoki bayon qiluvchi) belgilaydi, xolos.
O`z oldiga qo`ygan amaliy maqsadiga ko`ra matn bir necha turlarga bo`linadi: yozma matnlar, og`zaki matnlar. Bu matn turlari o`z navbatida yana bir necha kichik guruhlarga, turlarga ajraladi. Masalan, og`zaki matnlar quyidagi turlarga bo`linadi: a) dialogik matnlar (suhbatlar), fol`klor (xalq og`zaki ijodi) matnlari, v) ovozalar (mishmishlar). Matnlarning har bir turi o`ziga xos xususiyati bilan, tarkibi va mazmuni bilan boshqa tur matnlardan ajralib turadi. Masalan, ertak, topishmoq, maqol, terma singari matnlar fol`klor namunalari bo`lsa-da, bir-biridan farqlovchi xususiyatlarga ega.
Yozma matnlar tarkibiga kiruvchi monografiya, ilmiy maqola, ilmiy-ommabop maqola, taqriz, muammoviy maqola, risola singarilar turli farqlanuvchi belgilari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, ilmiy maqola muayyan masala jihatida avval ma`lum bo`lgan fikrlar muhokamasi bilan keyin muallifning shu masalaga oid yangi ilmiy qarashi bayon qilinadi hamda bu qarashlarning amaliy qo`llanishiga oid tavsiyalar beriladi, shu bilan ilmiy maqola matni yakunlanadi.
Eel ees the story of a leetle Franch girl, who comes to a beeg ceety, just like New York, and falls een love wees a leetle boy from Brookleen.
Bu ko‘shik juda katta shakarga kilgan va Bruklinlik kichkina bolachani sivgan kichkina bir fransuz kizchasi xakida.
Matn tarkibi uch qismga bo`linadi: a) ifoda qobig`i, b) matn mazmuni (semantikasi) v) matn grammatikasi matnning butunligini, yaxlitligini ta`minlab turuvchi narsa uning asosida yotgan asosiy g`oyadir. Bu g`oyani matn tilshunosligida makrotema deb ataydilar. Makrotemalar o`z navbatida bir qancha mikrotemalardan tashkil topgan bo`ladi. Mikrotemalar matnning asosiy g`oyasi, ya`ni makrotema orqali bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Matnni tashkil etuvchi birliklar orasidagi bog`lanish presuppoziciya va implikaciya munosabatlari orqali amalga oshadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Har qanday yangi gap matn tarkibida oldingi gapni to`ldirib keladi va o`z navbatida yangi gapning tuzilishiga zamin hozirlaydi. Matn tarkibida gaplar ana shu tarzda zanjirsimon bir-biri bilan bog`lanib ketaveradi. Shu holat matn tilshunosligida presuppoziciya yoki implikaciya deb yuritiladi.
He do look quiet, don’t ‘e? D’e know ‘oo ‘e is, Sir?
Ko‘rinishidan juda mo‘minga o‘xshaydi, to‘g‘rimi? Magarkim, uning kimligini aytolmaysizmi, janob? Asliyatdagi grammatik belgi «don’t» o‘rniga «doesn’t» ishlatilishi, fonetik belgi ‘e o‘rniga he, ‘oo o‘rniga who so‘zlarining ishlatilishi gapirayotgan personaj oddiy xalq tilida gapirayotganining belgisidir va u oddiy xalq tilidagi ibora «magarkim ayta olmaysizmi» so‘zlari bilan o‘girilishiga to‘g‘ri kelgan.
Matnni tashkil etuvchilar orasidagi bog`lanishda gapning aktual bo`linishi imkoniyatlari muhim o`rin tutadi. Bu nazariyaga ko`ra, har qanday gap ikki qismga bo`linadi: a) eski axborot qismi – tema; b) yangi axborot qismi – rema. Yangi gapni matn tarkibida shakllantirishdan maqsad remani ifodalashdir. Gap esa faqat remadan tashkil topmaydi, ya`ni uning tarkibida tema ham bo`lishi kerak, chunki shu gap o`z temasi (eski axboroti) bilan oldingi gap yoki gaplar sistemasi bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, matn tarkibida gaplar ichida temalar va remalarning ana shunday almashinib kelishi matnning yaxlitligini, butunligini, o`zaro bog`lanishini ta`minlaydi.
Matn tilshunosligining aniqlashiga ko`ra, rema quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi: a) noaniq artikllar; b) so`z tartibi (inversiya); v) mantikiy urg`u; g) yuklamalar; d) ayrim sintaktik konstrukciyalar. Temani ifoda qilishda quyidagi vositalar ishtirok etadi: a) olmoshning ayrim turlari; b) aniq artikllar; v) o`rin va payt ma`nolarini sinsematik ravishda ifodalovchi so`zlar(qachon –o`sha vaqtda, qaerda-o`sha erda kabi); g) ba`zi kirish so`z va iboralar (darhaqiqat, demak, xullas, zero kabi); d) so`z va gap tartiblari; e) matn g`oyasi bilan bog`langan etakchi so`zlarning qayta-qayta takrorlanishi va boshqalar
Misol tariqasida quyidagi maqollarning tarjimasiga e’tibor beraylik:
Ingliz tilida: - Cut your coat according your cloth.
O‘zbek tilida: - Ko‘rpanggaqaraboyoquzat.
Ingliz tilida: - Strike the while it is hot.
O‘zbek tilida: - Temirni qizig‘ida bos.
Har kanday matnning yaratilishi ma`lum bir amaliy maksadlarni ko`zda tutadi. Matnlar maqsadlariga kura bir-biridan farq qiladi. Shu jihatdan matnlarni quyidagi to`rt tipga ajratish mumkin: a) og`zaki matnlar, b) yozma (qo`lyozma), v) bosma matnlar, g) ommaviy muloqotga xos matnlar. Bu matnlarning xar biri o`z navbatida bir qancha mayda turlarga bo`linadi. Masalan, og`zaki matn: monolog, dialog (suhbat), ovozalar (mish-mish), fol`klor singari turlardan iborat.
Yozma (qo`lyozma) matnlarto`rtturgabo`linadi:
epigrafik matnlar – bunga peshlavhalar, ko`rsatkichlar kiradi. Masalan, NDPI, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, aeroport, talabalar yotoqxonasi kabilar.
Sfragistik matnlar – bunga muhrlarga bitilgan matnlar kiradi.
Numizmatikmatnlar – pullar, tangalardagiyozuvlar.
Paleografikyozuvlar – a) maktub, b) hujjat, v) ijodiyasarlar.
Bosma matnlar qo`lyozma matnlarning mukammal ko`rinishi bo`lib, ular o`z navbatida adabiy matnlar va ilmiy matnlarga bo`linadi. Adabiy matnlarga badiiy asarlar kiradi, ilmiy matnlarning ham turlari xilma-xildir. Ommaviy mulokot vositalari matn tiplarining to`rtinchi ko`rinishidir. Bu matn vositalarining omma orasiga etib kelishida texnika vositalari (radio, televidenie, kino)ning roli beqiyos. Bu matnlar bir martae`lonqilinadi, kaytatiklanadiganbulsa, ungaqo`shimchaaxborot ham qo`shilishilozim. Bunday matnlar so`nggi yangiliklarni ommaga taqdim etadi (gazeta, jurnal, radio, televidenieda beriladigan asarlar).