Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə13/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

Hikoya mazmunli matnda muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, o‘qigan yoki guvoh bo‘lgan biror bir voqeani hikoyani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni hikoya mazmunli matn sifatida baholash mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi.Xikoya qilinayotgan voqea-hodisa tor yoki keng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sekin-asta rivojlanib boruvchi izchil bayon va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Asosan, biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi, ya’ni matn shakllanishida, asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi fagtor hisoblanadi. Monologik nutq ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo‘ladi. Albatta , o‘rni bilan dialogik nutq ko‘rinishlariga murojaat qilinganligi ham kuzatiladi. Shunda ham hikoya matnining motivasion butunligi roviyga bog‘liq bo‘ladi. Bu tip matnlarda hikoya mazmuni yetakchilik qilsa-da, tasviriy, izoh, xabar, hissiy ifoda mazmunli matnga xos xususiyatlar ham birdagina ishtirok etishi mumkin. Bir-ikki misol:
Duogo‘y”. Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog‘ qishlog‘iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. Davra boshida to‘rvadek soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. Hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qo‘shilmasin chol uzundan-uzoq duo o‘qiydi. “Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham”,deb fotiha tortadi.
Bir xil duo takrorlanavergach, Said Ahmad aka so‘radi:

  • Necha yoshga chiqdingiz, taqsir?

  • Menba? – dedi chol salmoqlab. – Ikkam yetmishga bordim.

  • Voy bo‘-o‘-o‘!-dedi Said Axmad aka bosh chayqab. – Agar sening duoing mustajob bo‘lsa, men sakkiz yil avval o‘lib ketishim kerak ekan-da, ukam? Men yetmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz! (O‘.Hoshimov)

Yo‘li topildi. Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan paytidayoq taniqli shoir edi. O‘zingiz bilasiz, oliy o‘quv yurtini bitirgan odam oldida uylanish muammosi ko‘ndalang bo‘ladi. Shu masala yuzasidan Erkin aka Said Ahmad akaga maslahat solibdi.-Oqsaqol, -debdi.-Xabaringiz bor, bir-ikkita kitobim chiqdi. Uch ming so‘mcha pulim ham bor. Lekin qaysi biriga yetkazishni bilmayapman. Mashina olaymi, uy solaymi, xotin olaymi? Mashina olsam, uy sololmayman, uy solsam uylanolmayman, uylansam, mashinaga pul qolmaydi… Nima qilay? Said Ahmad aka peshanasinini Rashid abzining garmoniday tirishtirib,chuqur va uzoq o‘yga tolibdi.Oxiri chehrasi yorishib bunday debdi:
-Bolam,men xo‘p o‘yladim. Hisoblab ko‘rsam, uch ming so‘m puling hammasiga yetarkan.Maslahat shuki, sen avtobus sotib olgin! Avtobus degani mashina bo‘ladi.Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. Bu –birinchidan. Avtobusning ichi keng-mo‘l bo‘ladi. Ko‘ch –ko‘roningni olib kirsang tayyor uy bo‘ladi. Bu- ikkinchidan. Uchinchidan, rostki avtobus bo‘lgandan keyin ichida konduktori ham bo‘ladi.O‘sha konduktorni xotin qilib olib qo‘ya qolasan!...(O‘.Hoshimov)
Berilgan matnlarda ikki xil holatni kuzatish mumkin.Birinchi matnda yozuvchi o‘zi bevosita guvoh bo‘lgan voqeani hikoya qilyapti, ikkinchi matnda muallif eshitib ta’sirlangan voqeasini so‘zlayapti.Hikoya mazmunli matn boshqalarga qaraganda murakkab tarkiblangan bo‘ladi.

Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin