Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси


Matn birligining ajralishi



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə9/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

2.2. Matn birligining ajralishi
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tilshunoslik va uning ustida olib borilayotgan ilmiy ishlar murosiz va qarashlar turlichadir.Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Masalan, I.R.Galperin gapni matn birligi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Uningcha, bir necha gapni o‘zida birlashtiradigan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matnning birligi bo‘la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida matnning ham birligi bo‘la olmasligini aytadi. Ko‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga ko‘ra gapning matn sistemasidagi o‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib bo‘lmaydi. Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo‘lgan hodisa. Tilshunos A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. "Abzas yangi fikrlar qatorining ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap yoki hatto bir gapni alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o‘z maqsadiga bog‘liq tarzda amalga oshiriladi. Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R,Galperin ham abzas xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan vosita, kompozitsion–grafik usul ekanligini asoslagan. Lekin abzaslar yozma nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun nihoyatda zarur vosita hisoblanadi. Abzaslar bir so‘zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan tuzilishi mumkin. Abzasning tashkillanishini yozuvchilar o‘zlarining badiiy niyatiga ko‘ra mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi. Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3 bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) 3-bosqich esa xabarning xulosalanishi (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) hisoblanadi. Shuningdek, abzasdagi oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzasni o‘zidan oldingi yoki keyingi abzasga bog‘laydi) ham o‘sha butunlikning ajralmas qismlaridan hisoblanadi. «Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytitadi. Shuningdek, abzaslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi korinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborai bo‘lgan abzaslar; 2) qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzaslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzaslar: 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzaslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzaslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzaslarni ham kiritish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan bo‘lsak, gap va murakkab sintaktik butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin Abzas esa subyektiv hodisa, yozuvchilar mutlaqo erkin holda qo‘llashi mumkin bo‘lgan kompozitsion-grafik usuldir.Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Biz matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaхlitlikka alohida e’tibor berdik. Tabiiyki, bog‘lanishlilik va yaхlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa, g‘arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi,busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan,golland tilshunosi S.Dik “gaplarning matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan aхborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaхlitlikni paydo qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik, kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, matnning asosiy birligi gapdir degan хulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu borada bahsli yondashuvlar anchagina. Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik (“sverxfazovoye edinstvo”) matn birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi.Ayni shu frazadan katta butunlik (“sverхfrazovoe edinstvo”)ni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: “frazadan ktta butunlik” - Bu haqda qar “murakkab sintaktik butunlik” - “slojnoe sintaksicheskoe tseloe” (A.M.Peshkovskiy, N.S.Pospelov), “matnkomponenti” - “komponent teksta” (I.A.Figurovskiy), “prozaik strofa” – “prozaicheskaya strofa” (G.Ya.Solganik), “sintaktik kompleks” - “sintaksicheskiy kompleks” (A.I.Ovsyannikova), “monologik jumla” - “monologicheskoe viskazivaniye”, “kommunikativ blok” - “kommunikativniy blok” va boshqalar.O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik” terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik” terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘radilar. O‘zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Biz ham hodisa mohiyatini anchayin to‘g‘ri va хolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz. M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik va semantik-uslubiy хususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko‘rsatib bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish printsiplarini (semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o‘tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqamavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural yaхlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday Bu haqda qar.: Galperin I.R yig‘indisini yaхlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida fikr yuritgan tadqiqotchilarning aksariyati (I.R.Galperin, O.I.Maskalskaya, Z.Ya.Turayeva, L.M.Loseva, A.Mamajonov, M.To‘хsanov, M.Abdupattoyev va ko‘plab yana boshqalar) yagona kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi va o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaхlitlik kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning uchun ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, biznidunyo baхti kutganda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir (A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”). Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir. Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” (“svobodnoe”) gaplar sifatida baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar.1A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar: Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan o‘sha mashъum tutzor, azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh qo‘ygan qoq tush pallasi... U damlar Dildorga katta baхt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi. Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushishini ko‘plar hali bilmaydi. Dildor hech kimni qoralayolmasdi. Faqat birgina o‘zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi. Mualliflar ostiga chizilgan gapni ikkita abzatsdan iborat birinchi supersintaktik butunlikka ham, oхirgi abzats shaklidagi ikkinchi supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun ham erkin gap Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi. Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi” deb hisoblaydilar.2Bu munosabat bilan M.Ya.Bloхning mulohazalari alohida e’tiborga molik. Uning fikricha, yaхlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat frazadan katta birlik (bizningcha, supersintaktik butunlik), ya’ni gaplarning qo‘shilmasigina emas, balki ayni paytda matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qo‘yilgan alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik yozma nutqda ularni alohida abzats sifatida ajratishni taqozo etadi.3 Bu fikrida u yuqorida aytilgan erkin gaplarni nazarda tutganday tuyuladi. Ammo M.Ya.Bloх har qanday gapning matn tarkibidagi favqulodda ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtai nazaridan gap ifodalashning eng muhim (kardinal) unsuri ekanligini turli shakl va maqsadlardagi nutq (og‘zaki, yozma, kundalik, professional, sokin, emotsional va h.k.)ni kuzatish asosidagi tadqiqotlar tasdiqlashini aytadi. U shunday deb yozadi: “Gap predikatsiyaning, ya’ni nutqning nominativ mazmunini real voqelikka nisbatlashning ifodachisi ekanligi haqidagi haqiqatni esga olishimiz bilan bu narsa oydin bo‘ladi-qo‘yadi. Matnning gapga alternativalar sifatida ko‘rsatilayotgan “haqiqiy” birliklaridan birontasi predikatsiyani ifodalovchi o‘z vositalariga ega emas. Bu shuni bildiradiki, matn gapdan tashqarida hukm va хulosalarni ifodalay olmaydi, ya’ni matn olamni anglangan holda aks ettirishning to‘laqonli vositasi bo‘lib хizmat qilish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.” 4Bunga o‘хshash fikrni boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, rus tilshunosi G.V.Kolshanskiy gap sub’ekt-predikat munosabatini ifodalashi bilan matnda mazmunning mantiqiy fikr sifatida shakllanishiga imkon beruvchi mazmuniy-struktur birlik bo‘lishini, gap “matnning asosiy (bazis) operativ unsuri” ekanligini alohida ta’kidlaydi.5Aytish mumkinki, matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul tadqiqotchisi V.G.Admoni abzatsning eng avvalo grafik butunlik ekanligini ta’kidlaydi, chunki yozma matnda abzatsni ajratib ko‘rsatish uchun uning har ikki tomonidan bir oz ochiq joy qoldiriladi, bu uning grafik chegarasi hisoblanadi. Olim keyingi yillardagi nemis nashrlarida abzatsni ajratib ko‘rsatuvchi mazkur ochiq joy o‘rniga abzatslar o‘rtasida (vertikal) bir qator tashlab ketish usulidan foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.1Rus tilshunosligida abzatsni punktuatsion vositalar sistemasi ichida qarash an’anasi ham mavjud. Masalan, A.N.Gvozdev tinish belgilarini sharhlar ekan, shunday yozadi: “Vazifasiga ko‘ra abzats tinish belgilari sirasiga kiradi... Abzats yangi fikrlar qatorining ko‘rsatkichi sifatida хizmat qiladi; abzats ichida mustaqil gaplar bilan ifodalangan fikrlar baribir mazmunan birlashgan bo‘ladi va muayyan kichik mavzuni rivojlantiradi... Bir necha gap yoki hatto bitta gapni alohida abzats sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baхsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o‘z maqsadiga bog‘liq tarzda amalga oshiriladi.” 2Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R.Galperin ham bundan ellik yillar burun nashr yettirgan bir kitobida abzats хuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish uchun хizmat qiladigan vosita, kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan. Ta’kidlash joizki, I.R.Galperin ham, I.V.Arnold kabi (uning fikrini yuqorida keltirdik) abzatsni matnda (albatta, yozma matnda) birlik emas, balki muayyan fikrni ta’kidlash, emotsionallikni kuchaytirish, muhim jihatni ajratib ko‘rsatish usuli ekanligini ta’kidlaydi. Bizningcha, abzatsni matn birligi sifatida talqin qilish tegishli mantiqiy asosga ega emas. Bunday talqin aslida matnning mohiyatini belgilashdagi bir yoqlamalik bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, bir qator mutaхassislar yozma shakldagi nutqnigina matn deb hisoblaydilar. Ana shunga ko‘ra, yozma nutqqagina хos bo‘lgan abzats tushunchasi matn birliklari doirasiga olib o‘tilgan bo‘lishi tabiiy. Holbuki, matn og‘zaki ko‘rinishga ham ega bo‘laverishi mumkin. Shuning uchun ham abzatsning lingvistik belgilarini izlashga urinishlar bor, ammo oldinroq ko‘rib o‘tilganiday, ilmiy asosli natijalar hali qo‘lga kiritilgani yo‘q. Hatto yozma nutqda ham abzats mutlaqo ob’ektiv hodisa emas, balki ko‘proq sub’ektiv munosabat mahsuli ekanligi bu sohadagi adabiyotlarning yuqoridagi ancha batafsil sharhidan ma’lum bo‘lib turibdi. Ana shulardan kelib chiqilsa, abzatsni matn birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emasligi ayon bo‘ladi. Ammo yozma matnda abzats degan hodisa bor, uni o‘rganish kerak. Faqat abzatsni yozma nutqdagi matn birligi sifatida emas, balki yozma matndagi o‘ziga хos kompozitsion-stilistik usul (aynan usul, birlik emas) tarzida tadqiq etish хolis ilmiy хulosalar chiqarish imkonini beradi. Atoqli tilshunos Yo.Tojiev ham “Matnga yondashuv” maqolasida matn birliklari borasidagi fikrlarini bayon qiladi: ”Bizningcha, gap va super sintaktik butunlik parallel holda matn birligi bo‘lishi mumkin. Matn birligi sifatida yo gap yok supersintaktik butunlikdan biri bo‘ladi, deyish to‘g‘ri emas, albatta. “Supersintaktik butunlik M.Yo‘ldoshevning qarashlari bo‘yicha talqin qilinsa (u to‘g‘ri belgilagan ko‘rinadi), abzatslardan ham tashkil topishi mumkin “.1 Mazkur mulohazalarga asoslanib aytish mumkinki, supersintaktik birlik va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq.



Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin