Birinchi bob bo‘yicha xulosa Shuni aytish kerakki, an’anaviy tilshunoslikda mantiqiy nuqtayi nazardan izohlandi. Bu ham uning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. “Chunki mazkur tushunchalar bizga Aristoteldan meros qolgan subyekt va predikat tushunchalarining kalkalashtirilgan shaklidir. G‘arb tillarida esa subyekt va predikat terminlarining o‘zi qo‘llanilmoqda”. Hatto miloddan avvalgi III-II asrlarda Iskandariya maktabi asoschilari Aristarx Samofrakiy, Dionisiy Frakiy kabi olimlar ham tilshunoslik sohasiga mantiq kategoriyalarini aralashtirmaslik tarafdori edilar.
Shuning uchun bugungi kunda matn nazariyalari shakllanib bormoqda. Bular jumlasiga derivatsion tahlil, transformatsion tahlil, bevosita ishtirokchilar (BI) tahlili, distributiv tahlil, funksional tahlil kabilarni kiritishimiz mumkin.Tilshunoslikda, til tarixida uni talqin qilishga turlicha yondashib kelingan. Badiiy asar tilini talqin tadqiqiga umrini bag‘ishlagan V.Vinogradov o‘zining «Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari» nomli ma’ruzasida badiiy adabiyot tili to‘g‘risida gap ketganda, «til» so‘zi ikki xil ma’noda qo‘llanishini ta’kidlaydi, ya’ni:
1) milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi «nutq» yoki »matn» (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma’nosida;
2) «san’at tili», badiiy ifoda vositalari sistemasi ma’nosida. Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech qachon inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdi-ki, bu san’atning asosiy ifoda vositasi bo‘lgan so‘z, tilni tadqiq etishdek mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi.Tilshunoslik fanida bugungi kunga qadar juda ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Buni tilning fonologik, morfologik, sintaktik sathlarning har biribilan bog‘liq muammolar talqinida to‘liq kuzatish mumkin. Lekin matn va uning lingvistik tabiatini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar ilmiy izlanishlarimiz kun tartibiga endigina qo‘yila boshladi. Bunday vaziyat alohida olingan bir necha xususiy tilshunosliklar uchungina emas, balki umumiy tilshunoslik uchun ham xarakterlidir.
Bugungi kunda matn lingvistik tahlilini nimadan boshlamoq kerak va qanday masalalarga e’tibor qaratilishi lozim, degan savollarga ham tilshunoslarning javoblari mushtarak emas. Bundan tashqari, matnning nutq kategoriyasi ekanligini dalillovchi belgilar nimalardan iborat, uni nutqiy jarayon deb atash lozimmi yoki nutqiy jarayonning natijasi sifatida talqin etish kerakmi, matnni og‘zaki nutq bilan yoki yozma nutq bilan bog‘lab o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladimi, degan muammolar ham kun tartibiga qo‘yilmoqda.
- badiiy til har qanday adabiy asarning spesifikasini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Badiiy til nazariyasi esa adabiyot nazariyasiga oid masalalarning birinchi qatorida turadi». O‘zbek tilshunosligida ham badiiy asar tilini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda, asosan, ikkita yo‘nalish yetakchilik qilganligini kuzatish mumkin.
1. Lingvistik yo‘nalish. Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati ayni holatga xos
bo‘lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik o‘zgachaliklar, tilning hozirgi holati biian umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida o‘sha davrga oid adabiy – badiiy asarlarning tili o‘rganiladi. Bunda badiiy asarlar, yozma yodgorliklar tili ayni maqsaddagi tadqiqot uchun faqat material bo‘lib xizmat qiladi. Til tarixini tasvirlash va tadqiq etishda bu yo‘l eng qadimgi va mustahkam lingvistik an’ana sifatida yashab kelmoqda. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishda juda ko‘p tadqiqotlar yaratilgan.
2. Lingvopoetik yo‘nalish. Badiiy asar tilini lingvopoetik yo‘nalishda o‘rganishning asosiy maqsadi esa bundan farq qiladi, albatta. Bu o‘rinda masala tilning turli vazifalarga egaligiga borib taqaladi. Tilshunoslikka oid zamonaviy adabiyotlarda tilning, asosan, to‘rt-besh vazifasi qayd etiladi.
1. Kommunikativ vazifa – tilning kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi ekanligi.
2. Ekspressiv vazifa – turli fikr va tuyg‘ularni ifodalash vazifasi.
3. Konstruktiv vazifa – fikrlarni shakllantirish, tartibga solish va ifoda tarzini belgilash vazifasi.
4. Akkumulyativ vazifa – ijtimoiy tajriba va bilimlarni to‘plash, saqlash vazifasi. Badiiy asar tili tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda tilning ayni "ekspressiv vazifasi» atamasi bilan bir qatorda «tilning poetik vazifasi», «tilning badiiy vazifasi», «tilning estetik vazifasi» kabi atamalar ham qo‘llanadi.
-estetik vazifa tushunchasi ekspressivlik, badiiylik, poetiklik kabi bir qator tushunchalarni ham o‘z ichiga olgan holda ularni umumlashtira oladi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushunchalarga qaraganda estetik vazifa tushunchasining qamrovi ancha keng. Albatta har qanday badiiy asarda tilning boshqa vazifalari ham reallashadi, ammo estetik vazifa birinchi planda turadi, yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham lingvistik adabiyotlarda bu holatga mana bu tarzda alohida urg‘u beriladi:
-badiiy matn har qanday nobadiiy matndan farqli o‘laroq alohida vazifani – kommunikativ vazifa bilan murakkab o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘luvchi va matnning o‘ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil hisoblanuvchi estetik vazifani bajaradi»
-tilning bu o‘ziga xos estetik vazifasi namoyon bo‘ladigan soha faqat badiiy asar matnidir, undan boshqa biron bir nutq ko‘rinishida til o‘zining bu vazifasini reallashtira olmaydi deb qarash ham asosli emas.
-tilning bu vazifasi (estetik vazifasi) faqat badiiy asardagina namoyon bo‘lmaydi. Bizning diqqatimiz jumlaning shakliga, fikr qay tarzda ifodalanganligiga qaratilgan har onda biz aynan shu vazifaning harakati doirasiga kiramiz.
-badiiy inatnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to‘la namoyon bo‘lishi uchun jiddiy zamindir.
–makon va zamon birligi tamoyili. Badiiy matnning til xususiyatlari tekshirilayotganida undagi har bir hodisaga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak.