Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси


II BOB SATIRIK MATNLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 463,5 Kb.
səhifə8/21
tarix07.02.2023
ölçüsü463,5 Kb.
#83301
növüДиссертация
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Таржима назарияси ва амалиёти кафедраси

II BOB
SATIRIK MATNLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
2.1. Satira janri haqida
Satira(lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi bo‘lib, tasvir ob’yektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib, unda jamiyatdagi bema’ni, asossiz, noto‘g‘ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib, oshirib, borttirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira. Ob’yektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor,hikoyava boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq Satira uchun salbiy tuyg‘u berib, keskin ifodalangan estetik ob’yekt xarakterli hisoblanadi.Satira Qadimgi Rimdalirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik o‘zining janriy xususiyatlarini yo‘qota borib, ko‘pgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediyava satirik roman)ning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o‘xshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi bo‘lib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko‘rsatadi. Satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni uyg‘otish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgu ostiga olingan ob’yekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g‘oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo‘ladi.Satirik an’analarSharqxalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa qo‘shgan bo‘lib qo‘shilgan vaSarq adabiyotishuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "Ming bir kecha" zaminida, sanskritcha "Panchatantra", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va o‘zbeklatifalariasosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) Satiralar ham Sharqda ko‘pdan mashhur. Uning g‘oyalari xitoy novellalari,fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari motivlari bilan sug‘orilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, M.Ye. Saltikov-Shedrin va boshqalar Satirani yuksak bosqichga ko‘tardilar. O‘zbek adabiyotida Satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar,Nasriddin Afandi, Aldar ko‘sa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan.Navoiy, Turdi, Maxmur,Gulxaniy, Hoziq,Muqimiy,Zavqiylar Satira janrida ijod qildilar. Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, G‘ozi Yunus, So‘fizoda,G‘afur G‘ulom,Abdulla Qahhor,Said Ahmad, N.Aminov, S. Siyoyev va boshqa nomi bilan bog‘liq. Satira. tasviriy san’atda ham qadimdan ma’lum.Qadimgi Rim,Xitoydasatirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik san’ati (jumladan,grafika)da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqa rassomlar ijodi Satira rivojida muhim rol o‘ynagan. O‘zbekistonda Satira taraqqiyotiga "Mushtum" jurnali, "Jangovar qalam", "O‘zTAG oynasi" katta hissa qo‘shgan.Falsafiy va estetik toifa sifatida komik janr zamonaviy olimlar tomonidan deyarli har tomonlama o‘rganib chiqilgan. Masalan YU. Borevning fikricha: «komik shakl real hayotdagi nomuvofiqlikning shunday shakliki, u estetik ideallar nuqtai – nazaridan alohida e’tiborga molik bo‘lgan haqiqatning ob’ektiv rivojlanishi qarama-qarshiligidir (maqsadning - vositalarga, shaklning – mazmunga va hokazo)». San’atda komik janr - haqiqat qarama-qarshiligining tanqid estetik formasidir» [32; 282].Olimning fikricha, komik janr oliy kulguni keltirib chiqarib, u ijtimoiy jihatdan inson odatlarining bir – xillarini tanqid etib, boshqalarini estetik oliy toifa darajasiga ko‘taradi. San’atning boshqa turlaridagi kabi, adabiyotda komik janr nozik kulgudan, satira, kinoya, sarkazm darajasigacha namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy dunyoda komik janr mavjudligi borasida olimlar tomonidan hanuz diskussiyalar olib borilmoqda [ 17;43, 41, 42, 60, 80, 83, 93, 98, 105, 115, 116, 126, 131, 132]. Satira esa ba’zi olimlar tomonidan alohida janr sifatida qabul qilinadi. Bizning fikrimizcha esa satira va yumor bir toifadagi tushunchalar bo‘lib, demakki kulgu turlari va darajasi ham turlicha bo‘lishi tabiiy.A. Makaryan fikricha, - agarda satira hayotdagi barcha holatlar ustidan kuladigan bo‘lsa, demak u ijtimoiy –siyosiy, estetik va ma’naviy ideallarga mos kelmaydi [87; 51], ya’ni kamchiliklarga nisbatan kulgu munosabatda bo‘lish, haqiqatda insonlar kamichliklarini bartaraf eta olmaydi. Satira va yumor yonma yon turishadi, demak yumor ham, satira kabi huquqlarga ega bo‘ladi, demakki u janr sifatida qabul qilinishi mumkin. Yu. Borev aytganidek, «Yumor kulgili, kinoyali munosabat aksi bo‘lsada, u qattiq chaqib olishga qodir emas» [33; 8]. YUmor mavjud holatngi bartaraf etishga emas, kamchiliklarni bartaraf etish, holatlarni rivojlantirishi mumkin [32; 243]. Masalan Yu. Borev, satira va yumor orasidagi farqlarni quyidagicha belgilaydi: yumor ob’ekt ustidan faqatgina kulish emas, balki yumshoq tanqid hamdir. Ammo satira va yumor orasidagi keskin farq adabiyotshunoslar tomonidan qo‘yilmaydi. V. Belinskiy ta’kidlaganidek, satira asosida oddiy kinoya yoki hazil emas, balki chuqur mazmun yotishi kerak [28; 49], demakki yumor ham tarkibida satira ham yotishi kerak [77; 135], - deb aytgan edi M. Kolsov ham. Hozirgi kunda ham, bu fikrlarga qarshiliklar keltirilmagan. Shunday qilib, bu tushunchalarga aniqlik kiritib shuni aytish mumkinki, satira va yumor asosida kulgu yotib, kulgu hodisalar emotsional tanqididir. Yumor va satira orasida hech qanaqa farq yo‘q. Kulgu odatda ijtimoiy ahamiyatga ega. Kulgi ob’ekti ijtimoiy ahamiyati darajasi kulgi turini belgilab beradi – satira, yumor, kinoya, sarkazm va hokazo. Aynan shu darajalar asosida, biz komik fikrlash darajasini belgilashga harakat qilgan edik. Shu bilan birgalikda, biz uning alohida asarlarini baholashga aynan shu darajalar vositasida harakat qildik. Shuni ta’kidlash joizki, komik asarlar tahlili ko‘plab olimlar e’tiborini jalb etgan. Turli davrlarda yashagan olimlar komik janr darajasi va chegaralarini aniqlashga harakat qilishgan. Platon davrlaridan beri, mazkur janr ko‘plab estetikaga bag‘ishlangan asarlar diqqat markazida turib, chunki komik janrlar doimiy ravishda ijtimoiy hayot ma’naviy qadriyatlari salbiy va ijobiy baholash darajasi sifatida qabul qilingan. Bizning tez rivojlanayotgan zamonamizda, komik janr tadqiq etilishi o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, ko‘plab adabiyotshunoslik doirasidagi estetik va teoretik olimlar tadqiqoti ob’ektiga aylanib ulgurgan. Ma’lumki, estetikaning bu sohasi A. Loseva, Yu. Boreva, M. Baxtin kabi yirik olimlar asarlarida 1970 yillardan beri chuqur o‘rganilgan. [84, 31, 32, 25, 26]. Masalan, M. Baxtin, fanda ilk marotaba komik janrni kulgi xalq madaniyati turi sifatida ko‘rib chiqgan. Alohida e’tiborga uning kulgining dialektik tabiati haqidagi qarashlari molik, zero kulgi madaniyatning aksil va ijobiy taraflarini ko‘rib chiqishga qodir. Bu qonuniyat bugungi zamonaviy tez rivojlanish sharoitlarida dolzarb bo‘lib, aynan shu holat bizning ilmiy tadqiqotimiz ob’ektidir. Bu holat keyinchalik B. Dzemidokning «O komicheskom» (1974) [64], G. Starikovning «Poetika buryatskoy satirы» (1979) [114], YU. Paxratdinovning «satira v karakalpakskoy proze» (1982) [104], A. Bergson «Smex» (1992) [29], T. Kuznetsovaning «Komicheskoe v komicheskoy literature» (1994) [78], N. Xanzafarovning «tatarskaya komediya» (1996) [136], V. Dyominning «Mnogotsvetie smexa» (1998) [63], P. Metinning «Komicheskoe v chuvashskoy literature» (2000) [92] asarlarida ham namoyon bo‘ldi.1990 yillarga kelib, mazkur muammo nafaqat umumiy nazariy asarlarda, balki milliy nuo‘tai – nazarlardan ham ko‘rib chiqila boshlandi. Alohida ahamiyatga, alohida xalqlar adabiyotlari bazasi asosida yaratilgan ilmiy asarlar ega bo‘lib, bu holat uzoq yillar davomida sovet adabiyotshunoslik maktabi doirasidan tashqarida qolib ketgan. Tahlilimiz ko‘rsatishicha, har-bir muallif, milliy adabiyotlarda komik janrni tadqiq etar ekan, asosan o‘z millati adabiyoti materiallariga yondashgan. Kulgusiz yumor va satira rivojlanishi mumkin emas. Demakki, umuman olganda komik janrni kulgusiz tasavvur etish juda mushkul. Kulgu fikrlash formasi sifatida ko‘plab janrlarni belgilab berishi mumkin. Shu sababli, biz, satira va yumor haqidagi ko‘plab diskussiyalarni chetlab o‘tgan holda, asarlarini yuqorida tilga olingan holatlar va kulgu adabiy – badiiy funksiyalari doirasida tahlil etishga harakat qildik. XX asrning boshida, ko‘plab komik janrlar rivojlana boshladi. Jamiyat barcha sohalari yangilanish sarhadi bo‘lgan inqilob va fuqarolar urushi, ijtimoiy – siyosiy kulgu rivojlanishi asosiga aylandi. Satira tig‘i eski barcha ijtimoiy hodisalarga qaratildi, bunday o‘zgarishlar tarafdori edi. Shunday qilib, tarixning o‘zi tez rivojlanayotgan, kompromisslarga ega bo‘lmagan satirik – yozuvchi ijodiyoti xususiyatlarini belgilab berdi. Tabiiyki mazkur tadqiqot asosiy yo‘nalishlar ham, aynan shu xususiyatlardan kelib chiqgan. Dissertatsiya maqsadi va vazifalari. Mazkur asarimiz maqsadi satirik ijodiyoti butun va kompleks tadqiqotidan iborat bo‘lib, satirik ijodiyoti badiiy tahlili asosida, qaxramonlar va davr konsepsiyasi doirasida oktyabr inqilobi va komizm mohiyati orasidagi ahamiyatni aniqlashdan iborat. Maqsadning qo‘yilishi esa, quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi: Sheridan g‘oyaviy estetik qarashlarini shakllantiruvchi asosiy omillar manbalarini aniqlash; Sheridan ijodiyotida namoyon bo‘layotgan estetik ideallarini ochib berish va yozuvchi estetik ideallari evolyusiyasini aniqlash;Yozuvchi qaxramonlarining oktyabr inqilobidan oldingi va keyingi o‘zgarishi o‘ziga xosligini aniqlash, Sheridan siyosiy satirasi ma’naviy motivlari ijtimoiy asosini belgilash;Yozuvchining ta’lim, din, til, adabiyot, teatrga nisbatan qarashlarini uning satirik ijodiyoti, publitsichtikasi materiallari asosida ochib berish . Sheridan nosatirik asarlari materiallarida komik motivlarni tahlil etish;Progressiv tatar harakati tizimida Sheridan satira o‘rni va rolini aniqlash; Sheridan satira g‘oyaviy – estetik aloqalarining boshqa adabiyot va san’at namoyandalari, shu jumladan rus ijodkorlari bilan umumiy aloqalarini aniqlash. Mazkur tadqiqotning aynan shu jihatlari aniq o‘rganilmagan. Shu muammo echilishi bilan tadqiqot dolzarbligi belgilanadi. Yozuvchining dav rva qaxramon aspektidagi satirik ijodiyoti monografik tadqiqoti tatar adabiyoti mumtoz namoyandasi ijodiyotining yangi qirralarini nafaqat ochib berishi, balki uning ijodiy potensialini to‘laligicha ochib berishi mumkin.



Yüklə 463,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin