Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa Ushbu dissertatsiya ishining ikkinchi bobida matn birliklariga badiiy yondashishga izchil kirishildi va voqealarning real korinishini ozgartirib, oshirib, bo‘rttirib, mubolaga qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satira obyektiga "ishlov" beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor,hikoyava boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq Satira uchun salbiy tuyg‘u berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.Satira Qadimgi Rimdalirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik ozining janriy xususiyatlarini yo‘qota borib, kopgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman)ning oziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o‘xshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi bo‘lib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko‘rsatadi.
-satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni uyg‘otish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgu ostiga olingan ob’yekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g‘oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo‘ladi.
-badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildanfoydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan lekslk birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.
-tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yana-da to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan hodisadir. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadiga eng munosibini topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qiladilar.
-badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.