MUNDARIJA KIRISH 3
I BOB. BADIIY MATN VA UNING LINGVISTIK TAHLILI 6
1.1. Badiiy matn ta’rifi 2
1.2. Badiiy matn birliklari 2
1.3. Badiiy matn va uning tipologik tasnifi 3
Birinchi bob bo‘yicha xulosa 21
II BOB. SATIRIK MATNLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI 2.1. Satira janri haqida 26
2.2. Matn birligining ajralishi 30
2.3. Matinning mazmuniy xususiyatlarini o‘rganish 38
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 45
III BOB. SATIRA JANRIDAGI MATNLARNING PRAGMATIK KO‘RSATGICHLARI 3.1. Matn pragmatikasi tushunchasi haqida 47
3.2. Satira mazmuni haqida 65
3.3. Satira mazmunining kommunikativ xususiyatlari 72
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa .78
XULOSA 81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 83
KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng asta-sekinlik bilan jahon hamjamiyatiga integratsiyalashib bordi:qator nufuzli tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. jahon hamjamiyatida o‘z fikrini ayta boshladi [2, 38]. Shu bilan birgalikda o‘ziga xos va boy madaniyatimiz, va zamonlar osha o‘z zamonaviylik va ilmiylik darajasini yo‘qotmagan milliy adabiyotimiz buning yaqqol misolidir. Uzoq o‘tmishga nazar soladigan bo‘lsak, adabiyotning inson shuurini rivojlantirish, olamni anglash, o‘z bilim va ko‘nikmalarni yashash mobaynida oladigan bo‘lsa, shu davr talabi, insonning shaxs bo‘lib yetishishida kitobning inson hayotida o‘ynagan ro‘li juda kattadir. Azaldan Sharq madaniyatning va ilm-fan taraqqiyotining o‘chog‘i ekanligini hech bir davlat yoki millat inkor qilolmaydi.
Mavzuning dolzarbligi.Tilshunoslikda, til tarixida uni talqin qilishga turlicha yondashib kelingan. Badiiy asar tilini talqin-tadqiqiga umrini bag‘ishlagan V.Vinogradov o‘zining «Badiiy adabiyot tili haqidagi fan va uning vazifalari» nomli ma’ruzasida badiiy adabiyot tili to‘g‘risida gap ketganda, «til» so‘zi ikki xil ma’noda qo‘llanishini ta’kidlaydi, ya’ni:
1) milliy tilning sistemasini aks ettiruvchi «nutq» yoki »matn» (adabiy til tarixi, tarixiy grammatika va leksikologiya uchun tahlil materiali) ma’nosida;
2) «san’at tili», badiiy ifoda vositalari sistemasi ma’nosida. Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi, uning birlamchi unsuri til ekanligi haqidagi haqiqatni hech kim hech qachon inkor etgan emas. Kishilik tarixida adabiyot atalmish dunyoni obrazli idrok etish san’ati yaralibdiki, bu san’atning asosiy ifoda vositasi bo‘lgan so‘z, tilni tadqiq etishdek mashaqqatli yumush inson tasavvuri va tafakkurini muttasil band etib keladi. Buyuk ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat «Adabiyot qoidalari qo‘llanmasida «Go‘zal san’atlarda tovar (materiyol) tovush, ohang bo‘lsa, go‘zal san’at musiqiy bo‘yovlar, chiziqlar bo‘lsa, rasm bo‘ladir; tosh yo boshqa turli ma’danlar esa, haykalchilik bo‘ladir; tosh yog‘och, kirpich, ganj, tuproq bo‘lsa, me’morliq bo‘ladir; tan, mug‘a (muqom, mimika) harakatlari esa, o‘yun (tans) bo‘ladir; gap, so‘z esa, adabiyot bo‘ladir» deb yozadi va adabiyotga shunday ta’rif beradi: «Adabiyot - fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqunlarni yaratmoqdir» [8, 13 b]. Atoqli o‘zbek adabiyotshunosi O.Sharafiddinov o‘zining «Adabiyot tildan boshlanadi» nomli maqolasida shunday yozadi: "Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobqa chiqariladi» [9, 23].