Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib VII-VIII - semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari, mashina va mexanizmlar nazariyasi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, gidravlika va gidropnevmoyuritmalar, issiqlik texnikasi, mashinasozlik texnologiyasi asoslari, texnologik mashina va jihozlarni avtomatlashtirish va h.k.) va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Hozirgi vaqtda respublikamizdagi Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fani asosiy masaladan biri deb hisoblanadi. Shu bois mashina va jihozlarni loyihalash, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilish kabi masalalar ishlab chiqarish uchun juda muximdir. Shuning uchun ushbu fan ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimlarining ajralmas bo’g’inidir.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalar “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish f” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or-pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kursini o’qitishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |