Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1246 yil, iyun, Konya.
Bu miyasi yo'q shahar ahli samo raqsini 
shakkoklik deyapti. Ularga quloq solsangiz, 
Xudo har bir narsani o'z musiqasi bilan 
yaratishga yaratgan, lekin yaratgach, O'zi bu 
musiqani eshitishni taqiqlagan bo'lib chiqadi. 
Nahotki ular tabiatdagi har bir narsa kuylab 
turganini tushunishmasa? Axir koinotdagi har 
bir narsaning o'z muayyan maqomi bor: 
yurakning urishida, qushlar qanotlarining 
silkinishlarida, tunda shamolning derazaga 
urilishida, temirchi dastgohida metalldai 
chiqqan ovozida, bular hammasi hali 
tug'ilmagan bolani ona qornidaligidayoq 
qurshab turadi… Buyuk musiqaning 
yaralishida dunyodagi barcha narsalar bor 


ehtiroslari va o'z ixtiyorlari bilan qatnashadi. 
Aylanuvchi darvishlar raqsi - bu cheksiz 
zanjirning bir bo'g'imi. Bu Ummon suvining 
bir tomchisida butun ummon gavdalangani 
kabi go'yo. 
Tomoshadan bir necha soat oldin biz Rumiy 
bilan muroqaba qilish uchun hech kim yo'q 
xonaga kirdik. Tomoshada qatnashadigan olti 
darvish ham biz bilan birga edi. Hammamiz 
tahorat olib, duo qildik. Keyin tayyorlab 
qo'yilgan kiyimlarimizni kiydik. Biz qanday 
kiyimlar kiyishimizni ancha oldin kelishib 
olgan, eng oddiy matolarni tanlagan edik. Mis 
rangidagi qalpoqlar qabr toshlari rangini, uzun 
oq yubkalar kafan rangini, qora yoping'ichlar 
qabr rangini majozi edi. Bizning raqsimiz 
so'fiylarning «men» haqidagi tasavvurlarini 
ifodalar edi. 
Sahnaga chiqishdan oldin Rumiy dedi: 
- Biluvchi yo'q endi va u faqat tuyg'ularni 
qoldirib ketdi, 
Faqat olti yo'nalishni tushunmoq bizga qoldi. 


Shu tarzda biz tayyor bo'ldik. Eng oldin nay 
chalindi. Keyin Rumiy samo azonchisi rolini 
ijro etish uchun sahnaga chiqdi. Keyin birin-
ketin darvishlar ham boshlarini kamtarona egib 
chiqishdi. Eng oxiri shayx chiqishi kerak edi. 
Men qat'iy ravishda bu rolni o'ynashdan bosh 
tortdim, Rumiy esa shu rolni o'ynashimni 
qattiq so'rayverdi. 
Keyin Hofiz Qur'ondan yerdagi belgilar haqida 
oyatlar o'qildi. 
Undan keyin nay va rubob ovozlari ostida tavof 
ohangi yangradi. 
Tingla naydin, chun hikoyat aylagay
Ayriliqlardin shikoyat aylagay. 
Men qamish erdim, kesib keltirdilar 
Nolishimdin el hama o'rtandilar. 
Oldin birinchi darvish o'zini Xudoga topshirib, 
aylana boshladi, libosining etaklari ohista 
shitirlardi. Tez orada biz hammamiz aylana 
boshladik, nafaqat biz o'zimiz, balki 


tomoshabinlar ham Bir Butunlik holatiga 
yetmagunimizcha aylandik. Osmonlardan 
nimaniki qabul qilsak, yerga, Xudodan 
olganlarimizni odamlarga uzata boshladik. 
Bizlar Oshiqni Ma'shuq bilan birlashtiruvchi 
zanjir bo'ldik. Musiqa to'xtaganidan keyin 
hammamiz bir vaqtda koinotning asosiy 
quvvatlari bo'lmish olov, shamol, tuproq va 
suvga, shuningdek, beshinchi unsur bo'lmish 
bo'shliqqa ta'zim qildik. 
Tomoshadan keyin Kayxusrav bilan mening 
oramda bo'lib o'tgan hodisadan 
afsuslanmayman. Lekin har holda Rumiyni 
qiyin ahvolga solib qo'yganimdan noqulaylik 
his etayapman. Dunyoviy qudrat egalaridan 
tegadigan imtiyozlar va rahnamoliklarga 
o'rgangan Rumiy hech qachon hukmdordan 
bunchalik uzoqlashmagan edi. Ammo endi u 
hech bo'lmasa, oddiy odamlar qanday 
yashashlarini - hukmdor tabaqa bilan ko'pchilik 
xalq orasidagi devorning naqadar balandligini 


his eta oladi. 
Shuning bilan birga, anglashimcha, mening 
Konyada bo'lish muddatim ham qisqarib 
bormoqda. 
Ishq va do'stlik har safar kutilmagan 
o'zgarishlarning sababchisi bo'ladi. Agar biz 
ishqni tuygunimizga qadar qanday bo'lgan 
bo'lsak, shundayligimizcha qoladigan bo'lsak, 
demak, bu ishq etarlicha kuchli emas ekan. 
Poeziya, musiqa va raqs sirlariga oshno bo'lish 
miyning shaxsida sodir bo'lgan o'zgarishlarga 
xotima bo'ldi. U ilgari she'riyatni inkor etgan, 
o’quvchilariga dars berayotganida yoki 
hamshaharlaru xutbasini 
tinglaganlarida o'z ovozidan zavqlanib yurgan 
olim va va'zxon edi. Endi esa, garchi o'zi buni 
hali haqiqiy anglab yetmagan bo'lsa hamki, 
shoirga aylandi. Menga kelsak, men ham 
o'zgardim va hamon o'zgarayapman. Men 
borliqdan Hech nimaga o'tish yo'lidaman. Bir 
davrdan boshqasiga, hayotdan o'limga. 
Bizning do'stligimiz Xudoning lutfi, marhamati 


bo'ldi. Biz birga mutloq to'liq hayot baxtidan 
zavqlandik, gullab-yashnadik, quvonchga 
to'ldik, pishib etildik. 
Bobo Zamonning bir vaqtlar aytgan gaplari 
esimda: dunyoni o'z ipagi bilan qoyil qoldirish 
uchun ipak kurti o'lishi kerak. Tomoshabinlar 
ketishgach, Rumiy bilan to'liq sokinlikda o'tirar 
ekanmiz, bizning rumiy bilan birga 
o'tkazayotgan vaqtimiz o'z nihoyasiga 
yetganini angladim. Biz birga bo'la oldik va 
birga-likda borliq naqadar go'zal bo'lishi 
mumkinligini o'z boshimizdan kechirdik; biz 
ikki ko'zgu bir-birini aks ettirgandagi 
cheksizlik nimaligini angladik. Ammo «Qalbi 
og'rimaganda Ishq bo'lmaydi», degan qadimgi 
maqoldan ham qochib qutulib bo'lmaydi. 
Ella 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin