Tarjimon: Shahnoza Qahhorova


BO'ShLIQ    (Yo'q deb hisoblanadigan bor narsalar...) Sulton Valad



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

BO'ShLIQ 
 
(Yo'q deb hisoblanadigan bor narsalar...)
Sulton Valad
1246 yil, iyulь, Konьya.
 
Otam zo'rg'a nafas olib, yiqilay-yiqilay degan 
ahvolda o'z xonasiga kirib keldi. Uning avvalgi 
ko'rinishi yo'qolgan, go'yo faqat soyasi qolgan 
edi. Yuzlari kichrayib ketgan, ko'zlarining osti 
salqigan, qorayib ketgan, kechasi bilan 
uxlamagan ko'rinardi. Lekin meni eng qattiq 
larzaga solgan narsa bu soqolining oppoq 
oqarib ketgani edi. 


- O'g'lim, menga yordam ber, - dedi u 
qandaydir begona ovoz bilan. 
Men uning yoniga otildim, qo'ltig'idan oldim: 
- Nima qilay, otajon, ayting. 
U bir muddat jim qoldi, go'yo yuz bergan 
voqeani bor og'irligi bilan ko'tarishga kuchi 
yetmayotganga o'xshardi. 
- Shams yo'q. U meni tashlab ketdi. 
Bir on men erkinlik hissini tuydim. Biron so'z 
aytmadim. Otamga juda achinib ketgan bo'lsam 
ham, miyamga bu yaxshi bo'ldi, shekilli, degan 
fikr keldi. Nahotki hayotimiz yana avvalgiday 
tinch va sokin bo'lsa? Keyingi vaqtlarda shu 
Shamsning dastidan otamning dushmanlari 
ko'payib ketdi. Men hamma narsa o'z avvalgi 
iziga tushishini, hayot Shams Tabriziy 
kelmagan vaqtidagiday bo'lishini juda istardim. 
Alovuddin ham balki haqli edi. Axir Shamssiz 
bizga yaxshi bo'lmaganmidi? 
- U men uchun qanchalar ahamiyatli ekanini 
esingdan chiqarma, - dedi otam xuddi fikrimni 
o'qiganday. - U va men - bir butunmiz. Oyning 


yorug' va qorong'u tomonlari bo'lganiday, meni 
Shamsdan ajratib bo'lmaydi. 
Uyalib ketib, boshimni silkitdim. Yuragim 
achidi. Otamga ortiq hech nima demasligim 
kerak. Men odamning ko'zida bunchalar ko'p 
azob jo bo'lishini hech qachon ko'rmagan edim. 
Tilim birdan g'alati, og'ir bo'lib qoldi. Bir og'iz 
so'z ayta olmadim. 
- Shamsni top... agar topilishni o'zi istasa, 
albatta. Biznikiga olib kel. Unga mening 
yuragim qattiq og'riyotganini ayt. Uning 
yo'qligi meni o'ldirayotganini ayt. 
Oxirgi gapini u shivirlab aytdi. 
Men unga Shamsni olib kelishga va'da berdim. 
Otam qo'llarimni ushlab olib, shunday 
minnatdorlik bilan qisdiki, ko'zimni undan olib 
qochishga to'g'ri keldi. Otam ko'zlarimda 
qat'iyatsizlik borligini kurib qolishini istamas 
edim. 
Shamsni topish umidida bir hafta Konya 
ko'chalarini tit-pit qilib chiqdim. Bu vaqtga 
kelib shaharda hamma uning yo'qolganini bilib 


bo'lgan edi, bu haqida turli gap-so'zlar yurardi. 
Men Shamsni juda yaxshi ko'radigan moxov 
bilan uchrashdim. U meni darvish yordam 
bergan juda ko'p baxtsiz odamlar bilan 
tanishtirdi. Shamsni shuncha odam yaxshi 
ko'rishini bilmagan ekanman, ular men 
ko'rmay, e'tibor bermay kelgan odamlar edi. 
Bir kun kechqurun uyga juda charchab 
qaytdim. Nima qilsam, yana qayoqqa borsam 
ekan? Kira menga atirgul yog’I solingan bir 
likop shovla olib keldi. O'zi yonimda 
ovqatlanishimni kuzatib o'tirdi. U kulimsirab 
o'tirardi, lekin yuzlarida azob borligini ko'rib 
turardim. Keyingi yil ichida u qanchalik qarib 
qolganini ko’rmaslik mumkin emasdi. 
- Shamsni uyimizga qaytarish uchun izlayotgan 
emishsan. U qayerdaligini bilasanmi? - so'radi 
Kira. 
- U Damashqqa ketgan, degan gaplar bor. 
Boshqalar esa Isfaxonda, Qohirada 
deyishayapti, hatto o'z vatani Tabrizda
deyayotganlar qam bor. Otamning shogirdlari 


uni boshqa shaharlardan ham izlashayapti. 
Kirani yuzlarida xafalik ifodasi paydo bo'ldi,u 
xuddi o'ziga-o'zi gapirayotganday shivirladi: 
- Mavlono she'rlar yozayaptilar. Go'zal she'rlar, 
Shamsning hajri ularni shoir qildi. 
Keyin xuddi eron gilamini tomosha 
qilayotganday, ko'zlarini pastga tushirib, bir 
necha bor xo'rsindi, she'r o'qiy boshladi: 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin