MUNDARIJA. Kirish............................................................................................................................... 2 Ⅱ.Umumiy qism ...................................................................................................... 3 2.1 Detalning xizmat vazifasi............................................................................................3 2 Detal tuzilishining texnologikligiva uning miqdoriy ko`rsatkichlari…………….........4 Ⅲ.Texnologik qism.....................................................................................................…..6 3.1 Zagatovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash..................................6 3.2 RDB dastgohida ishlov berish uchun texnologik jarayon mashrutini ishlab chiqish. ........................................................................................................................... 9 3.3 Zagatovkaga ishlov berishda qo`yim hisobi. ................................................11 3.4 Kesish maromini hisoblash. ...........................................................................12 3.5 RDB dastgohida ishlov berish uchun tayanch nuqtalar koordinatalarini aniqlash. ......................................................................................................................... 35 3.6 RDB dastgohida ishlov berish dasturini tuzish.............................................. 39 Ⅳ. Xulosa ............................................................................................................... 44 Ⅴ. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ....................................................................45
Kirish O`zbekiston Respublikasi mashinasozlik korxonalarining talab doirasida shakllanishini va ishlashini taminlash mamlakatdagi ishlab chiqarish sohalarining rivojlatrishdagi birdan-bir dolzarb masalalardan xisoblanadi. Bu Davlat Ta`lim Standarti va Oliy ta`lim muassalari talabalari uchun qator vazifalarni yuklaydi. Chunonchi, bu vazifalarni yechish va amalga tadbiq etish asosan texnika yo`nalishidagi muassalarni bitirayotgan talabalariga chuqur nazariy va amaliy izlanishlar orqali bilimga ega bo`lish talablari qo`yiladi. Mashinasozlik korxonalarida har xil (raqamli dastur bilan boshqarish shular jumlasida) boshqaruv tizimiga ega, turli yillarda ishlab chiqilgan va rang-barang texnologik va texnikaviy imkoniyatlarga ega metall kesish stanoklari ishlatilib kelmoqda. Qo`llanilayotgan dasturiy boshqaruv tizimlari xilma-xilligini asosan elektronika va telekommunikatsiya vositalarini shiddatli rivojlanishi bilan ularni tez eskirishini tushuntirish mumkin. Boshqaruv tizimlarini rivojlanish bosqichlarini bilish texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish va ekspluatatsiyasini tashkil etish yuzasida to`g`ri qarorlarni qabul qilishga ruhsat beradi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan tizimlarni barpo etilishi stanoksozlikning rivojlanishidagi sifatli yangi bosqichni boshlovchi keskin burilish payti bo`ldi. Maxsus stanoklarga xos yuqori unumdorlikni va universal jihozlarga mansub bo`lgan ishlab chiqarish egiluvchanlikni birlashuvi raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklarni ishlab chiqarishni avtomatizatsiyasining asosiy vositasiga aylantirdi. “Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarining RDB texnnologik jihozlari” fanidan kurs loyihalarini bajarishdan maqsad ko`p operatsiya bajaruvchi dastgohlarni, moslanuvchan ishlab chiqarish modullari, moslanuvchan mishlab chiqarish sistemalari tezliklar va surishlar qutilarini kinematik zanjirlarini sozlash, robotlarni struktura-kinematik sxemalarini, detallarini o`lchamlarini ishlab chiqish, robotlashgan texnologik komplekslar bilan tanishish kabi ishlarda ko’nikma xosil qilishdir.