3.TEXNOLOGIK QISM 3.1. Zagotovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash Zagotovkalar toza va xomaki zagotovkalarga bo‘linadi. Toza zagotovka deganda tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan, o‘lchamlari va tozaligi tayyor detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lcham va tozalikka To‘g‘ri keladigan zagotovkalar tushuniladi. Xomaki zagotovkalar chizma talablariga muvofiq keladigan o’lcham, aniqlik va tozalikdagi detal hosil qilish maqsadida qo’yim kesib olish uchun mexanik ishlanish zarur bo’lgan zagotovkalardir.
Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi:
qora va rangli metallardan quyish yo’li bilan;
bosim bilan ishlash (bolg’alash va shtamplash) orqali;
metallokeramikadan (kukun metallurgiyasi yo’li bilan);
payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo’li bilan;
metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan).
Zagotovka olish usulini tanlash, detalni o’lcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka o’lchami va tuzilishi detalni o’lcham va tuzilishiga maksimal yaqin bo’lishini ta’minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli qilib, zagotovka tannarxi kam bo’lgandagi usuli hisoblanadi.
Zagotovka olishni mavjud usullarini tahlil qilib, berilgan ishlab chiqarish sharoitida detalimiz uchun zagotovkani optimal tayyorlash usuli issiqlayin shtaplash usulidan foydalanamiz.
3.2 RDB dastgohida ishlov berish uchun texnologik jarayon mashrutini ishlab chiqish.