Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

8-bob 
UYQU MUHTASHAMDIR 
Ikkisi kimsasiz yerda gaplashib yurib borishardi. Kendin bu 
voqealardan shu qadar taʼsirlangan ediki, birdan: 
- Uxlashdan nafratlanaman!, - deb yubordi.
- Hoy, hoy, hoy!..., - Kendinning gapini boʻldi Jin.
- Aslo bunday deya koʻrma. Uyqu muhtasham mexanizmdir. 
Agar u boʻlmasa, oʻrgangan narsalaring hech qachon yodingda 
qolmasdi, chunki sen yangi oʻrgangan maʼlumotlaringni eng koʻp 
uyqung davomida mustahkamlab olasan. Uxlayotganingda 
tanangdagi butun fiziologik va psixologik jarayonlar amalga 
oshadi. Yaʼni dam olishing, oʻzingni ertangi kun uchun tayyor 
deb his qilishing va hayotingni davom ettirishing uchun mutlaqo 
uxlashga majbursan. 
Kendin hayratda edi. 
- Sen emasmiding uxlashimga qarshi chiqqan? 
Jin anglashilmovchilikni bartaraf etish maqsadida darhol soʻz 
boshladi:
- Men aslo uxlashingga qarshi emasman. Faqatgina koʻp 
uxlashingga qarshiman. Koʻp uxlashdan murod 8 soatdan ortiq 
emas, balki 4 yoki 6 soatdan ortiqdir. Yaʼni "Ideal uyqu 
davomiyligi 8 soat boʻlishi kerak" deya quduqqa otilgan oʻsha 
toshga jahlim chiqadi mening. Zotan sayohatimizning butun 
maqsadi ham aslida u toshni quduqdan chiqarib, yoʻq qilish va 
"Ideal uyqu davomiyligi inson uxlay oladigan eng oz muddatdir" 
toshini miyangga mustahkam oʻrnatishdir. Shunda sen bilan birga 
butun insoniyatning bu bemaʼni xurofotdan qutulishini taʼmin 
etgan boʻlaman. Agar hech uxlamasang oxiri yoʻq muammolar 
ichida yashaysan. Bundan kelib chiqadiki, nafas olish, suv ichish, 


42 
ovqatlanish qanday zarurat boʻlsa, uxlash ham xuddi shunday 
majburiyatdir. Endi esa senga ajoyib xushxabarim bor: 
Dunyodagi hech bir inson hanuz tanishib, gaplashmagan biri 
bilan seni tanishtiraman. U uyqu qiroli. Koinotda hech bir 
maxluqot uyqu mavzusida undan koʻra ilmli emas... 
Kendinning koʻzlarini katta-katta ochgancha ketma-ket savollar 
yogʻdira ketdi: 
- Kim u, oʻzi qanaqa, necha yoshda, nima yeb, nima ichadi?... 
- Sen bilan tengdosh, juda sadoqatli va itoatgoʻy, sening 
miyangda yashaydi. Ismi Gipotalamus. Sen uchun bir uchrashuv 
belgiladim. 
- Qanday?, - dedi Kendin hech nima anglamay. Jin tushuntirishda 
davom etdi: 
- Zoʻrgʻa koʻndirdim. Sendan xafa ekan. Gaplashishni 
xohlamadi; ammo ozgina bosim oʻtkazgandim qabul qildi. 
Kendinning fikrlari qorishib ketgandi. 
- Yaxshi, lekin uning miyamda yashashini aytding. U bilan 
qanday qilib koʻrishamiz? Ochiqroq gapirsang-chi, xayollarim 
chalkashib ketdi.
- Eh Kendin! Haliyam inson kabi oʻylayapsan. Unutib qoʻyding 
shekilli, biz hozir mutlaqo boshqa olamdamiz. Supermen misoli 
istagan har joyimizga bora olamiz, xohlagan joyimizga kira 
olamiz. Zamon, makon, umuman, hech narsa bizga toʻsqinlik 
qilolmaydi, - dedi Jin.
Kendinni Gipotalamusning oldiga olib borishdan avval uni 
oʻzidagi kuchga ishontirish maqsadida borish nihoyatda qiyin 
boʻlgan bir joyga olib borishga qaror qildi. Mana shunda, hech 
qanday shubha-gumonlarga o’rin qolmaydi. Kendin nafaqat 
miyaga, balki igna teshigidagi tuyaning oʻrkachiga ham kira 


43 
olishlariga ishonishi kerak edi. Agar Gipotalamus bilan ichidagi 
shubha-yu gumonlarni yoʻqotmay turib uchrashsa, bu 
uchrashuvning hech qanday foydasi boʻlmasdi.


44 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin