Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  MIXCHI VA BOLG’ACHI



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

9-bob 
MIXCHI VA BOLG’ACHI 
Bu safar bir uyning yotoqxonasida edilar. Xonadagi yotoq 
gʻichirlar, oppoq koʻrpa qimirlardi. Koʻrpa tagidan kimningdir 
xurragi eshitilib turardi. Kendin jilmayib qoʻydi.
Yotoqda bir ayol uxlab yotar, uning yonida bir kishi ham bor edi. 
U uxlamayman deya xarxasha qilgan yosh boladek tinmay u 
yoqdan bu yoqqa agʻdarilardi. Kendin taxminida adashmagandi. 
Aniqki, bu odamning uyqusi qochgan, koʻrpaning qimirlashi 
sababi ham shu edi. Ajabo, bu odamni uxlashdan toʻsgan narsa 
nima ekan? 
Kendin shularni oʻylab turganida u odam chiday olmay yotoqdan 
sapchib turdi-yu, balkonga chiqdi. U yerda yuqori darajada 
jihozlangan bir nechta teleskop bor edi. Birining ortiga oʻtib, 
uzoq vaqt osmonni kuzatib turdi. Keyin yana jimgina yotoqqa 
qaytdi. Tungi soat 4 edi. Takror uxlashga urinib koʻrdi, ammo bu 
safar ham uddasidan chiqmadi. Matrasning buzuq prujinasidek 
yotogʻidan yana sakrab turdi. Kichik bir qogʻozga "Kechir, 
azizim!" deb yozib, uni ayolining bosh tomoniga qoʻyib qoʻydi 
va yuzidan oʻpib, uydan chiqib ketdi. Kendin Jinga murojaat 
qildi: 
- Kim bu odam, qayerga ketyapti?... 
Jin shiftga ishora qilib soʻradi: 
- Bu yerda oyoq izi koʻrsang hayron qolarmiding?
- Albatta, hayron qolardim... Shiftda oyoq izi boʻlishi gʻalati-ku. 
"Bu yerga oʻrgimchak odam kiribdimi?" degan boʻlardim, - dedi 
Kendin. Kulishdilar. Soʻngra haligi odamni izidan ergashdilar.
U odam dunyodagi butun texnikalar shu yerda jam boʻlgandek 
tassurot uyg’otadigan ulkan binoga keldi. Bino oldidagi haybatli 


45 
qoʻriqchilarga "Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift 
oldiga keldi. Liftni kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan 
yugurib yertoʻla qavatiga tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini 
yechib oldi. Xona eshigi oldiga yaqinlashgach, choʻntagidan bir 
karta olib, eshik oldidagi uskunaga kirgazdi va eshikni ochdi. 
Kostuyumini bir chetga uloqtirib, kompyuterning yoqish 
tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishga kirishib ketdi.
- Aqldan ozaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - dedi 
Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq 
qiziqtirib qoʻygandi... 
Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga 
mixlanib qoldi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa 
ham hayron qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani 
uchun boshqa kelganlar yoʻq edi. 
Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi. 
Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi: 
- Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan 
mixni joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga 
oʻxshardi. Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi. Ikkisi 
ham farzandli boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek 
sabrsizlanishardi.
- Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani. 
- Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!" 
degandek edi bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita 
boshlar, boshqasi "Hoy" deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan 
soʻng qolganlar ham kelishdi. "Birozdan soʻng" deganim ertasi 
kuni ertalab. 
Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta 
velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek:


46 
- Bularning hammasi aqldan ozibdi!, - deb yubordi. 
- Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi: 
- Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a? 
- Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin. 
- Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini 
bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin 
Kendinning fikrlarini battar qorishtirdi. 
- Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, - 
yolvordi Kendin. 
- Yaxshi, - dedi Jin. 
Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira 
koʻrmagan tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi, 
farqiga bormadi.
- Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin 
atrofda ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot asari ham 
koʻrinmasdi. Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha 
atrofda qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. Shovqin ortidan 
ustlariga toʻgʻri kelayotgan gʻalati jism paydo boʻldi. Bu hamma 
joyi yoritilgan, yaxlit va ulkan metall uyumi edi. Temir qush 
quloqni qomatga keltirib, chang-toʻzon ichida tekislikning qoq 
markaziga qoʻndi. Soʻngra chang tarqalib, u ajoyib narsaning 
kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga zinapoyalar 
tushirildi. Oq, qalin kiyim kiygan odam og’ir qadam tashlab 
zinadan pastga tushib kela boshladi. Oyogʻini yerga qoʻyib, yana 
bir odim tashlagandan soʻng ortiga oʻgirilib shunday dedi: 


Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin