3. Meva ekinlarining umumiy ta’rifi. Olma. Keng tarqalgan meva ekinlardan bo‘lib, umumiy maydonning yarmidan ko‘prog‘ini olma tashkil qiladi. Olma mazali bo‘lganligidan yangiligicha, qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi.
Olmadan konserva, povidlo, pastila, pyure, marmelad, murabbo, sharbat, vino, kompot, qoqi va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O‘zbekistonda etishtiriladigan olmalar tarkibida o‘rtacha 80,5-86,5 % suv; 9,6-14,8 % shakar; 0,31-0,91 % kislotalar; 0,27-0,48 % eruvchan pektin; 0,025-0,060 % yaqin oshlovchi moddalar; 0,10-0,45 % mineral tuzlar va bir qancha vitaminlar bor.
Olmaning (qishda yangi uzilgan mevalar kam bo‘lganda) vitaminlarga boy, yaxshi saqlanadigan qishki navlari ayniqsa qimmatlidir.
Olma katta daraxt bo‘lib, baquvvat tanasining balandligi 12-20 metrga etadi. Uning shox-shabbasi ham ancha keng yoyilgan. Hosilga kirish va mevasining pishish muddatlari navlar bo‘yicha har xil bo‘ladi. Pishish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishki navlarga bo‘linadi. Mevasining shakli, yirik-maydaligi, rangi va xushbo‘yligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, kuzgi-qishki navlaridan Renet Simirenko, Rozmarin beliy, Jon Red navlari tashishga chidamliligi, uzoq saqlanishi va serhosilligi bilan farqlanadi. Olma daraxti kuchli payvandtaglarda o‘stirilganda o‘rta hisobda 45-50 yil, ayrim tuplari esa 100 yil va undan ham uzoq yashaydi.
Olma (Malus mill ) turkumining 50 ga yaqin turi bor. Ularning asosiylari : O‘rmon olmasi, Sibir olmasi, YUmshoq olma, YOvvoyi (Sivers) olmasi, Turkman olmasi, Qizil olma, Olxo‘ri bargli olma (kitayka), Kavkaz yoki SHarq olmasi, Pakana olma, Dusen, Paradizka (rayka) hisoblanadi.
Nok. Olmadan keyin eng ko‘p tarqalgan meva ekini bo‘lib, mevasining mazaligi bilan qadrlanadi. Nok mevalari yangiligicha iste’mol qilinadi, qoqi, konserva, sukat, povidlo, murabbo, sharbat, vino, bekmes (nok asali) tayyorlanadi. O‘zbekistonda etishtiriladigan nok tarkibida 10,8-12,7 % gacha shakar, 0,13-0,30 % kislotalar, 0,35 % ga yaqin pektin va 0,31 % kul bor. O‘zbekistonning iqlim sharoiti nok uchun unchalik qulay emas, lekin shunga qaramasdan bizda qurg‘oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli mahalliy navlari mavjud.
Nokning Evropa navlari shox-shabbasi siyrak, ixcham, ko‘pincha piramida shaklida, novdalari yuqoriga tik o‘sgan bo‘lib, yo‘g‘on shoxlarida hosil novdalari zich joylashgan, ularda barglar hamda hosil organlari juda ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Nok ayrim mahalliy navlari bir tup daraxtdan 1000-1400 kilogrammgacha hosil berishi mumkin.
Nok olma kabi mo‘‘tadil iqlim o‘simligi bo‘lsada, issiqlikni ko‘p talab qiladi, sovuqqa kamroq chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba’zan esa 200 yilgacha umr ko‘radi. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin mahalliy navlari o‘stiriladi. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turlari uchrab, shundan mevachilikda: Jaydari nok, O‘rta osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok va regel noki ahamiyatga ega.
Behi. YAngi uzilgan mevasi va qayta ishlanib iste’mol qilinadi.Behi tarkibida juda ko‘p pektin, oshlovchi moddalar va tosh hujayralar bo‘ladi. Mevasi tarkibida suv kam, dag‘al bo‘ladi. Uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan xushbo‘y murabbo, sukat, qiyom, marmelad, jem tayyorlanadi. O‘zbekistonda etishtirilgan behi tarkibida (yangi uzilganda) 8,5-15,2 % shakar, 0,41,0 % turli kislotalar, 0,4-0,7 % oshlovchi moddalar bor.
Behi eng qadimiy o‘simliklardan bo‘lib, bizning mamlakatimizda keng tarqalgan. U buta yoki daraxt sifatida o‘sib, bo‘yi 1,5 m dan 8 m gachaetadi. Ko‘p ildiz bachki chiqaradi. Novda va kurtaklari, barg bandi tuk bilan qoplangan. Guli ko‘pincha yakka-yakka, oq yoki och pushti rangda, yirik bo‘lib, shu yil o‘sib chiqqan kalta novdalar uchida, barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. Kech gullaydi. Behi mevalari limon rangida yoki to‘q sariq, tuk bilan qoplangan bo‘ladi , etilganda tuki to‘kilib ketadi. Behi kech pishadi, uzoq joylarga yuborishga va saqlashga chidamli. Har tupidan 200 kg gacha hosil olinadi. Ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘paytiriladi.
Behining ko‘pgina turlari nok uchun past bo‘yli yaxshi payvandtag bo‘ladi. Behi issiqqa va namlikka talabchan. Erta hosilga kiradi va 35-45 yilgacha mo‘l hosil beradi.Behi avlodining yovvoyi holda o‘sadigan bitta yovvoyi turi -jaydari behi turi bor.
O‘rik. O‘zbekistonning Farg‘ona va Zarafshon vodiylari sharoitida ko‘p tarqalgan meva ekinlaridan biri. U yangiligicha va qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. YAngi pishgan o‘rik mevasi tarkibida 8,4-19,0 % shakar ; 0,3-1,7 % turli kislotalar ; 0,1-1,6 % pektin va A va S vitaminlar bor. Turshagida 80 % va undan ham ko‘p shakar bo‘ladi. O‘rikning achchiq mag‘zidan amigdalin moddasi, texnik va oziq-ovqatda ishlatiladigan moy olinadi. Danagining po‘chog‘idan tush va aktivlashtirilgan ko‘mir tayyorlanadi. O‘rik mevasidan har xil kompot, murabbo, jem, povidlo, pastila, marmelad, jeli, sukat, konfet orasiga solinadigan qiyom, sharbat tayyorlanadi.
O‘rik juda qadimiy mevali daraxt bo‘lib, uning vatani Armaniston hisoblanadi, lekin keyinchalik Xitoy ekanligi aniqlandi. SHu bilan bir vaqtda o‘rikning vatani O‘rta Osiy ekanligi ham tasdiqlangan, chunki hali ham bu erda yovvoyi holda o‘sadiganlari bor. O‘rik O‘zbekistonda eramizdan oldingi VI i VII asrlardan ma’lum bo‘lgan.
O‘rik daraxti issiqqa talabchan, erta gullaydi. SHuning uchun uni bahorda deyarli qora sovuq bo‘lmaydigan va qishda harorat ko‘pi bilan -28-290 S bo‘ladigan hududlarda o‘stirish tavsiya etiladi.
O‘rik (Armeniaca mill) turkumi 7 turga bo‘linadi, ulardan eng muhimi quyidagilar: Jaydari o‘rik, Sibir o‘rigi, Manjuriya o‘rigi, Gunafsha rang g‘adir- budir o‘rigi, Xitoy o‘rigi, Mumi va YApon o‘rigi -ansu.