Mundarija
KIRISH
Tarmoq qurilmalari...................
Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari…………….
Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati………
IP tarmog`ini maska yordamida strulturalarga ajratish......
2.1 IP tarmog`i haqida umumiy tushuncha ............
2.2 IP tarmog`ini maskasining strukturalari............
1.Tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish va alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi. Hozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni taminlaydi. Kompyuter tarmoqlarini
ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu Internet.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin local tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi – local tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |