Tarmoq qurilmalari Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari



Yüklə 63,96 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü63,96 Kb.
#201753
1   2   3   4   5   6   7
Mundarija

Juftli o’ram kabellari (tvisted pair – vitaya para) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi

Lokal kompyuter tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki vitaya para bazasida ko’riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil qilingan tarmoq umumiy shina (sim) orqali birlashtiriladi. Bu esa ma’lum nokulayliklarga olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo’lsa, tarmoq kompyuterlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimahol bo’lib qoladi. Shuning uchun hozirda lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish strukturalash prinsipiga asoslanadi.

  1. Optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.

Optik-tolali simlar. Optik-tolali deyilishiga sabab, yorug’lik quvvatidan tolalar orqali boshqa energiya turiga aylantirilishidir. Bunday simlarning diametri bir necha mikron bo’ladi. Ular qattiq qatlam bilan, tashqaridan esa himoyaviy qoplam bilan qoplangan ko’rinishda bo’ladi. Birinchi optik-tola simlar shisha materialidan tayyorlangan edi. Hozir esa uning o’rniga plastik tolalar ishlatiladi.
Optik-tolali simlarning afzalliklari: har qanday tashqi qarshiliklarga chidamliligi, ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzgartirishsiz va tez uzatilishi (avvalgilariga nisbatan xatto 10 barobar tez). Uning kamchiligi LKT (lokal kompyuter tarmogi)ni hosil qilishda simlarni ulashning nisbatan qiyinligi, ularga xizmat ko’rsatishning qimmatligi va qiyinligidadir. Bundan tashqari, optik-tola simlarining keng tarqalmaganligiga sabab, yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarning yo’qligi ham deyish mumkin.

Koasksial kabel. Juft tolali kabel. Shisha tolali kabel.
Shu bilan birga optik tolalarni boshqa vositalar bilan birlashtirib ishlatish maqsadida andozalar ishlab chiqilgan. Bular FDDI (Fiber Distributed Data Interface - ma’lumotlarni tarqatishning optik-tola interfeysi), FOSTAR IEEE (Institute of Electrical and Electronics Enginerselektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti), VGA - Video Graphics Array – videografikli massiv. Bular Ethernet tarmogi optik-tola variantini taklif qilib amalga oshirganlar.
Optik-tola simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma’lumotlarni yuqori ishonch bilan uzatilishini ta’minlash talab qilinadigan hollarda qo’llaniladi. Bu usuldan foydalanish ancha qimmatroq hisoblanadi. Lekin undan foydalanish ko’p afzalliklarga ega va katta hajmdagi ma’lumotlar katta tezlik bilan uzatiladi. O’zining ekspluatatsion parametri tufayli, ko’p hollarda undan foydalanish o’zini oqlaydi. Respublikamizda bu borada amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 63,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin