Tarmoqli biznes



Yüklə 333 Kb.
səhifə23/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
10 asos

8- ASOS: XARID

Kuzatuv jarayonida albatta do’stingizga www.greenleafmall.com saytidagi mahsulotlar ro’yxatini ko’rsatishingiz shart. Do’stingizning o’zi maxsulot xaqida to’liq ma’lumotni ko’rishi va aniq narxini bilib olishi zarur. Agar biznesni boshlash uchun necha pulga xarid qilish kerakligini aniq bilishsa, xarid qilish uchun ham moddiy, ham ma’naviy tarafdan tayyor bo’ladilar. Aks holda ular pul topmay, sargardon bo’lib yuraveradilar.


Do’stlaringiz xarid qilishga tayyor bo’lsalar, siz bir nechta ishni bajarishingiz kerak:

  1. Xaridorni Savdo Uyiga taklif qiling va ularga pasport kopiyasini olib kelishi lozimligini esiga soling.

  2. Xarid qilishdan oldin www.greenleafmall.com veb saytiga kirib xaridorni ro’yxatdan o’tkazish paytida shartnoma shartlarini o’qib bering. Shartnoma qog’ozlarini bosmadan chiqarib, ularni xaridorga tanishib chiqishi va imzo qo’yishi uchun bering.

  3. Xaridor ro’yxatdan o’tganidan so’ng, birgalikda bankga kirib maxsulot uchun pulni to’lab, maxsulotni olgach, ularni chin yurakdan tabriklang.

  4. Xarid qilingandan keyin xaridorning pasportini kopiyasini olibbankdan xisob raqam ochishi uchun bank xodimi oldiga olib kiring va boshqa kerakli ma’lumotlarni o’z daftaringizga yozib oling.

  5. Xarid qilish jarayonida hayajonlanmang, shoshilmang. Xaridor ham diqqat bilan sizni kuzatishi kerak.

  6. Xariddan keyin jamoangizning yangi a’zosini samimiy tabriklang.

  7. “Biznes Tashkil Qilishning 10 asosi” kitobchasi hamma vaqt yoningizda bo’lsin. Xariddan keyin yangi hamkoringizga dars o’ting. Unga bugundan e’tiboran yangi biznes boshlanganini, har doim uning yonida bo’lib, uning muvaffaqiyati uchun yordam berishingizni ayting.

  8. Biznesga kirayotgan kishiga hyech qanday bahona yoki sabab bilan qarz bermang. Unga har bir biznes kabi DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) ham ma’lum mablag’ bilan boshlanishini tushuntiring. Uning baxtiga DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) da bu mablag’ juda ko’p emas.

Agar uning kirishi uchun siz pul bersangiz, u kishi biznesga jiddiy qaramaydi, sizning qarzingizni uzish uchun qilayotgani o’ylab bu biznesni o’z biznesi deb qabul qilmaydi, majlis va darslarga xohlamasdan keladi yoki umuman kelmaydi va oqibatda muvaffaqiyatga erishmaydi.

  1. Xariddan keyin yangi kirgan kishiga shoshilmasligini va boshqa odamlarni jalb qilmasligini ta’kidlang. U kishi dastlab “Biznes Tashkil Qilishning 10 asosi” kitobchasini o’zlashtirishi va treninglarga qatnashib 3-4 xil disklarni ko’rishi kerak.

  2. Kuzatuvingiz ostidagilarni (prezentasiya bo’lgan, lekin hali biznesga kirmaganlarni) ham xarid qilish jarayonida ishtirok etishga taklif qiling. Ular internetdan xarid qilishni o’z ko’zlari bilan ko’rishadi. Shunda ularning biznesga bo’lgan ishonchi yana ham kuchayadi va tez vaqtda ular ham xarid qilib biznesni boshlashadi.

  3. Xarid operasiyasidan keyin o’sha kunning o’zida dars o’tish uchun muayyan vaqt aniqlang va bahonalarga yo’l qo’ymasdan darslarni to’liq o’ting, bu qoidani barcha hamkorlaringizga ham o’rgating. “48 soat” qoidasini lideringizdan o’rganing.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -





Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin