Tarmoqli biznes


HAYoTIMDA AQALLI BIR BOR BUYuK MAS’ULIYaT OLIShGA QAROR QILIShIM KERAK



Yüklə 333 Kb.
səhifə21/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
10 asos

HAYoTIMDA AQALLI BIR BOR BUYuK MAS’ULIYaT OLIShGA QAROR QILIShIM KERAK.
Biznesga kirdim. Yaxshigina o’rgandim. Men ham siz kabi yaqin do’stlarimni o’ng va chap tomonimga jalb qilmoqchi edim. “Ular mening taklifimni rad qilar” degan qo’rquv bor edi. Mening liderlarim do’stlarimni biznes bilan tanishtirdilar.Buning uchun men bir xil usullarni qo’lladim. Men nafaqat ularni bu biznesga jalb qila oldim, (ular allaqachon millionerlar) balki o’sha kundan so’ng va hozirgacha, kim bilan suhbat qilishimdan va kuzatishimdan qat’iy nazar, suhbatdan so’ng ular menga :
-Men ham bu biznesga kirishni xohlayman!, deyishadi.


Kishilarni bu biznesga qanday qilib to’g’ri va unumli jalb qilishimni bilishni istaysizmi?
1. Men boy kishilar kabi fikrlardim. Men chin dildan muvaffaqiyatli bo’lishni xohlardim. Men millioner bo’lishni xohlardim. Agar biror noo’rin ish qilsam, o’zimga o’zim: “NAZARDA TUT, MILLIONERLAR BUNDAY MUOMALA QILMAYDI!”-der edim.
Agar yaxshi ish qilib, qilgan ishimdan samimiy qoniqsam: “TABRIKLAYMAN, FAQAT MILLIONERLARGINA BUNDAY IShGA QODIR!”-der edim o’zimga.
Ish boshlaganimda menda biror tiyinim (tangam) yo’q edi, ammo ongim daromad, boylik va muvaffaqiyatga to’la edi.
2. Men o’zimni millionerlikka tayyorladim, chunki DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) da bu narsa tabiiy hol. Kam mablag’ sarflab kiritib, g’ayratim bilan katta daromad olishimni bilardim. Chunki, ongim bilan bu ishga tayyor edim. Hyech vaqt dangasalikka va bekorga vaqt o’tkazishga yo’l qo’ymas edim. Vaqtimni oladigan hamma mayda va befoyda ishlarni bir chetga surib qo’ydim. Faqat shu biznes haqida o’ylar edim. Kishilar bilan suhbatlashayotganimda, ular mening bu biznesga jiddiy qarashimni, o’zimning ishimga ishonishimni, tirishqoqlik bilan ishlashimni va bekorga vaqtimni sarflamayotganimni ko’rishardi va tushunishardi. Shuning uchun suhbatlarim ularga ta’sir qilardi.
3. Hyech vaqt meni yo’limdan qaytarganlarning gapini tinglamas edim. Fikrimga qo’shilmaganlarida, rad javobini olganimda yoki ustimdan kulganlarida ham kishilar bilan bahslashmas edim. Ularni tinchlantirib, ko’zlarini ochib, onglarini o’zgartirar edim. O’z fikrimning to’g’riligini uqtirib, ularga ishonch bildirib, yaxshi hayotga, orzu va istaklarini amalga oshishiga dillarida ishonch paydo qildirardim. Men ulardan shu savollarni so’rardim:
-Agar 1million dollaringiz bo’lsa edi, nima qilgan bo’lardingiz? Agar 10 million $ bo’lsa-chi?
-Agar bugun hayotingizning oxirgi kuni bo’lganida, nima qilishni xohlardingiz?
-O’zingizdan biror narsa so’ramoqchi bo’lsangiz, nima so’rar edingiz? O’zingizga qanday savol bergan bo’lardingiz?
Biznesga kirishlari uchun men do’stlarimga yolvormaganman. O’zlari fikr yuritib, javob berishlariga majbur qilar edim. Chunki shunday yashashga odatlanganlarini bilar edim. Savol so’rashsa javob berardim. Bilmasam, aldamas edim. Yozib olardim. Savollariga to’g’ri javob topish uchun liderlarim bilan maslahatlashar edim.
4. “Bu biznesda boyib ketishimga kafolat berasanmi?”-deb so’rar edilar.Bu savolni bergan kishi o’z qadrini unchalik bilmaydi, o’z imkoniyatlarini past baholaydi, o’ziga ishonmaydi va qo’rqadi. Men uni qo’llab quvvatlab, uning ruhini ko’tarib “Albatta kafolat beraman, agar sen ham men kabi ishlab, doim harakat qilsang, muvaffaqiyatga erishasan” der edim.
5. Ko’plar hatto hayotlarining keyingi ikki kunini ham tasavvur qila olmaydilar. Men to’liq ishonch va sokinlik bilan ularga kelajagi uchun yo’l ko’rsatardim.
6. Agar kimdir biznes - reja esidan chiqarsa yoki noto’g’ri tushunsa, unga ikkinchi marta tushuntirar edim. Esimda, o’tgan yil do’stimga uch marta tushuntirgan edim. Keyinchalik tushundi, biznesga kirdi va ishlay boshladi.
7. Men hyech qachon uyalmasdim, kechirim so’ramasdim, ovozim ishonchsizlikdan titramas edi va hyech qachon boshimni quyi solmaganman. Ularning“kuzatuvi”ga dadil borar edim, chunki ularga millioner bo’lish imkonini berayotganimni hamma vaqt yodimda tutardim. Ikkita narsa menga bu ishni diqqat bilan yaxshi o’rganib insonlarga to’g’ri tushuntirishimga katta yordam berdi:
A) Insonlar bu biznes haqida hyech qachon eshitishmagan. Agar eshitgan bo’lsalar ham bu biznesni sust va muvaffaqiyatsiz kishilardan eshitishgan.
V) Insonlar katta pulning nimaligini va boylikning qanchalik yaxshi ekanini bilishmaydi.Ba’zi insonlarga yoshlikda “katta boylik balo keltiradi” deb onglarini noto’g’ri fikrlar bilan buzganlar.
Bu ikki narsaga hamma vaqt ahamiyat bering. Qarshilik ko’rsatayotgan insonlarning aksariyati aynan shu ikki sababni deb shubha va inkorga tushadilar.

Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin