NONVOYXONA OChMOQChI BO’LSANGIZ, AVVAL NON YoPIShNI O’RGANING! Aziz do’stim! Men sizning qanday ma’lumotga ega ekanligingizdan bexabarman. Siz qanday insonsiz? Hayotingizda muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz inson bo’lishingiz mumkin. Sizning nima qilganingizu kim bo’lganingizning ahamiyati yo’q. Meni kelajakda kim bo’lishingiz qiziqtiradi.
HAYoTINGIZNI O’ZGARTIRMOQChI BO’LSANGIZ, AVVAL O’ZINGIZ O’ZGARIShINGIZ KERAK. 4.Hamma narsani bilaman demang. Siz hali bu ishda hyech nimani bilmaymiz. Shuning uchun siz faqat diqqat bilan bu kitobchani o’qing, o’zlashtiring. Asta-sekin bilimingiz oshib borganidagina, ishonchimiz komil, bu biznesda muvaffaqiyatga erishasiz.
5. Har qanday uzoq safar ham birinchi qadamdan boshlanadi. Agar bu ishga vaqt ajratmay, osonlik bilan yaxshi natijaga erishaman degan fikringiz bo’lsa, yaxshisi kitobchani o’qimay qo’ya qoling. Lekin hayotingizda hali dilingizga tugib qo’ygan katta orzularingiz va maqsadlaringiz bo’lsa, o’qishni davom ettirib ko’rsatmalarga amal qiling.
TAShKILOTINGIZ RIVOJLANIShI VA DAROMADINGIZNING BUYuKLIGI G’AYRATINGIZ VA AJRATADIGAN VAQTINGIZNING BUYuKLIGIGA TENG. Siz buyuk imkoniyatlarga boy biznesingizda ilk qadamlaringizni qo’ymoqdasiz, sizni oldinda nimalar kutayotganini bilmaysiz: muvaffaqiyatmi yoki muvaffaqiyatsizligu inqirozmi. Lekin men sizning kelajagingizni tahmin eta olaman. Sizga maslahatim: bu biznesda g’alabalar qozonishingizga butun vujudingiz bilan samimiy ishoning va bu ishonchingizni siz biznesga taklif qilayotgan yaqinlaringizga ham yetqazing.
6. Hyech vaqt basketbol ustozi o’z shogirdlariga futbol sirlarini o’rgatmaydi. Futbol ustozi o’z navbatida shogirdlarini basketbolchi qila olmaydi. Siz TARMOQLI BIZNESni o’rganishni istaysiz, shuning uchun faqat shu ishning sirlarini o’rganing. Bugungacha bilgan bilimlaringizning bu biznesga hyech qanday aloqasi yo’q, foydasi ham yo’q.
7. Ayrim kishilar bu ishni jiddiy qabul qilmaydilar. Bu ish uchun na vaqt va na kuch sarflaydilar. Ular shunday fikrlaydilar: “xarid qilish uchun va internetda ofisga ega bo’lish uchun kam mablag’ sarfladim, shuning uchun millioner bo’la olmayman”.Aslida qilgan xaridingizning millioner bo’lish bilan hyech qanday aloqasi yo’q! Millioner bo’lish, aziz do’stim, bu ishni avval o’zingiz yaxshi o’rganib, keyin bilganingizni hamkorlaringizga o’rgatishingiz uchun ajratgan vaqtingiz va g’ayratingizning qanchalik ko’pligi bilan bevosita bog’liq..
8. Ko’pchilik bu ishning falsafa va mantig’ini tezlik bilan tushunib, ishga jiddiy kirishib ketishadi. Lekin ba’zilar biznesni tushunmasdan hamkorlikdan voz kechadilar. Bundaylardan rad javobini eshitgach, hyech vaqt tushkunlikka tushib ruhan ezilmang! Bizning biznesda bu bo’lib turadigan hodisa. Yaxshisi bu rad javobining asosiy sababini biling. Jiddiy ishlab, rivojlanib boring. Vaqt o’tishi bilan sizning muvaffaqiyatlaringizni ko’rgan bu yaqinlaringiz albatta sizga qaytadilar.
9.Bu ish hozirgacha qilib kelgan boshqa ishingizdan murakkab va mashaqqatli emas. Ba’zilarning muvaffaqiyatsizligi, ularning biznesni bilmasliklari yoki bu ishni tushuna olmasligida emas. Buning sababi shundan iborat: ular bu ishning “ko’z”-ini bilishni istamaydilar va ularga ishlash umuman yoqmaydi.Bir kishining muvaffaqiyatsizligi butun biznesni qulatmaydi. Muvaffaqiyatga faqatgina ishning “ko’z”-ini o’rganib, to’g’ri ishlaganlargina erishadi.
10. Siz ishga jalb qilgan do’stingizning biznesdagi mas’uliyatlarini qabul qilishi, mahsulot xarid qilib, kompaniyaning namoyandasi holiga kelishi uchun muayyan vaqt ketadi. Shu sababdan boshqa tadbirkorlar kabi siz ham hamma vaqt sabr-toqatli bo’lishingiz kerak.