Tarmoqli biznes



Yüklə 333 Kb.
səhifə8/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
10 asos

RO’YXAT QANDAY YoZILADI?
Lideringizning (sizni ishga taklif qilgan kishining) ro’yxat namunasini ko’ring. Har qaysi ro’yxatda guruh nomi, kishilarning ismi, har birining sizga bo’lgan ishonch darajasi, ma’lumot darajasi (xohlasangiz telefon nomeri va elektron pochta adresi) bo’lishi kerak. Ro’yxatlar daftarchasi yoki kitobcha yasang yangi hamkorlaringiz uchun ko’paytiring va ularga tarqating.
Avvalo oila a’zolaringizning, qarindoshlaringizning va do’stlaringizning ismlarini yozing va har guruhni kategoriyalarga ajrating. Masalan: Oilam, do’stlarim, qarindoshlarimiz, qo’shnilar, sinfdoshlarim, kursdoshlarim, hamkorlarim, boshqa mamlakat yoki shaharlarda yashaydigan yaqinlarim va do’stlarim, yangi tanishlar. Kelajakda yangi tanish ortirganingizda ismlarini ro’yxatga yozish uchun hozirdanoq bo’sh joy qo’ying.
Ro’yxatni yozish vaqtida quyidagi tartibga rioya qiling:

  1. Dastlab guruhlaringizni aniqlang.

  2. Ro’yxatni yozishni birinchi guruhdan boshlang.

  3. Siz biladigan va sizni biladigan kishilarning ismini yozing.

  4. Birinchi guruh bilan bog’lik hamma ma’lumot yozilganiga ishonch hosil qilganingizda ikkinchi va keyingi guruhlarga o’tishingiz mumkin. Birinchi guruhni tugatmasdan ikkinchi guruhga o’tmang.

  5. Fikringizni bir joyga to’plang va kishilarning ismini eslab yozing. Keyin har birining ishonch darajasini yozing. Ishonch darajasi birdan beshgacha (1-5) bo’ladi. Ishonch darajasini belgilash misolini lideringizdan so’rang.

  6. Tanishlaringizning ma’lumot darajasini yozing. Ma’lumot darajasi birdan uchgacha (1-3) bo’ladi. Buni qanday qilishni lideringizdan so’rang.

Endi ro’yxatni yozishni o’rgandingiz. To’liq ma’lumotga ega bo’lgan mukammal ro’yxatga ega bo’lish, ishlaringizning natijasiga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun uni yozishda vaqtingizni va kuchingizni ayamang. Agar ism ro’yxatingiz to’g’ri va foydali chiqishini xohlasangiz, quyidagilarga ham albatta e’tibor bering.Bu maslahatlarga rioya qiling:



  1. Agar sizning tanishlaringiz atigi 5 kishi bo’lsa ham ularni ro’yxatingizga yozing. Statistikalarga ko’ra, har 30 yoshga kirgan kishi o’rtacha 2500 tanishga ega.

  2. Ro’yxatingizda qancha ko’p kishi bo’lsa, lideringiz sizga shuncha ko’p ishonadi va sizga ko’proq va jiddiy e’tibor qaratadi. Hyech bo’lmaganda 500kishi ismini albatta yozing.

  3. Ro’yxatni hyech kimning yordamisiz o’zingiz yozishingiz kerak. Bu ishni birovga topshirmang.

  4. Telefon daftaringizda hamma do’stlaringiz va qarindoshlarin-gizning ismi bo’lganda ham undan foydalanmang, o’zingiz yozing.Nima uchun undan foydalanish mumkin emas? Lideringizdan so’rang.

  5. Yozgan kishilaringizdan biror kishi “bu biznesni tushunolmaydi” deb o’ylasangiz yoki uning yetarli puli bo’lmasa, uni o’zingizning guruhingizdan o’chirmang! O’chirib tashlasangiz, ularni boyish imkoniyatidan mahrum qilasiz va o’zingizning guruhingizga zarar keltirasiz. O’ylab ko’ring, boyib ketganingizni ko’rgan va siz ismini o’chirgan kishilar sizdan xafa bo’lishadi. Siz o’zingizni oqlay olmaysiz.

  6. Boy-kambag’al, qari-yosh, muvaffaqiyatli-muvaffaqiyatsiz, ma’lumotli-ma’lumotsiz bo’lsa ham hyech kimni e’tibordan chetda qoldirmang. Hammasiga bu imkoniyatni bering, bu biznes bilan tanishib chiqishsin. Tanlash huquqini ularning o’ziga bering. Hyech qachon ularning taqdirini hal qilmang! “Bu biznes bilan shug’ullana oladimi, yo’qmi?” degan savolga javob qidirish o’rniga, bu tanlash huquqini har kishining o’ziga qo’yib bering.




Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin