Punkt S (“restoran ochmay turib mijozlardan pul to’plash”): Aziz do’stim, siz hozirgina yangi bir biznes bilan tanishdingiz. Hozirgacha bu haqda eshitmagandingiz. Bunchalik kam pul bilan bunaqa biznesni o’rganib, daromad olishni tasavvur ham qilmagansiz. Haqiqatdan ham bu biznesga kirish uchun talab qilingan sarmoya boshqa bizneslardagidan kam.
Bu ishda muvaffaq bo’lish uchun avvalo to’g’ri reja (plan) tuzishingiz kerak. Kompaniyada mahsulot xarid qilmasdan va hamkor bo’lmasdan turib insonlarni biznesga taklif qilishga shoshilmang. Sizdan “Bu biznesga o’zingiz ishonasizmi? Xarid qilib ishga kirdingizmi?” deb so’rashadi. Agar “Yo’q, sizni kutyapman, siz kelsangiz men ham biznesga kiraman”-deb javob bersangiz,siz bilan hyech kim bundan keyin ishlamaydi. Chunki bu gaplaringiz bilan ularning ishonchidan chiqasiz.
Bu hodisa restoran ochishdan oldin mijozlardan pul to’plashga o’xshaydi. Bunaqa ish ketmaydi. Oldin sarmoyangiz bilan restoran ochasiz, taomlaringizga va xizmatingizga qarab mijozlar o’zi kelaveradi. Shuning uchun shoshilmang.
Oldin chin qalbdan bu biznesga ishoning. Siz bilan internetga kiramiz. Kompaniyaning mahsulotlari xaqida yana ko’proq ma’lumot olamiz, keyin maxsulot uchun sarmoya topasiz. Kompaniyaga hamkor bo’lganningizdan so’ng darslarni boshlaymiz, undan keyin do’st va qarindoshlaringiz orasidan eng loyiq kishilarni aniqlaymiz va ularga bu katta imkoniyatni taqdim etamiz. Sizdagi biznesga bo’lgan ishtiyoq va ishonchingizni ko’rgan yaqinlaringiz sizning hamkor ekanligingizni bilganlaridan keyin shu gaplar bilan sizga qo’shiladilar:
-SEN IShLAYoTGAN BO’LSANG, BIZ HAM SEN BILAN BIRGAMIZ!
7- ASOS: KUZATUV (FOLLOW UP) “Kuzatuv” – suhbatdoshingizning savollariga javob berish va undagi shubha-yu qo’rquvlarni yo’q qilish bosqichidir. Kuzatuv bizning ishimizda asosiy bo’limlardan biridir. Prezentasiya o’tkazilgandan keyin taklif qilgan kishingizni ko’zdan qochirmasligingiz zarur. 24 soat ichida uning uyiga borishingiz kerak. Hyech qanday bahonasiz, tushuntirishlarsiz va gapu- so’zlarsiz to’g’ri GREENLEAF group va DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) haqida gapiring. Ya’ni