6- ASOS: PREZENTASIYa Prezentasiyani faqat katalogi bor kishilar o’tkazishi mumkin. Aks holda hyech qanday foydasi bo’lmaydi. Yetarsiz ma’lumot taklif qilingan kishiga zarar keltirishi mumkin.
Prezentasiya vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
PREZENTASIYa JOYI: Prezentasiya joyi toza va tartibli bo’lishi kerak. Tashqaridan har xil ovozlar, musiqa va shovqin eshitilmasligi uchun eshikni yoping. Insonlarning u yoq - bu yoqqa yurishlari to’xtatilishi kerak, chunki prezentasiyadagi kishilarning fikrlari bo’linmasligi kerak.
Joy harorati ortiqcha issiq yoki sovuq bo’lmasligi kerak. Begona hidlar ham xayolni buzadi.
Suhbat qatnashuvchilari albatta rasmiy kiyimda bo’lishlari kerak(ko’ylak, shim, galstuk). Sport kiyimi,pijama va jiddiy bo’lmagan kiyimlarni kiymang.
Eng yaxshisi - ishga taklif qilgan kishining uyida prezentasiyani o’tkazish, chunki uy egasi mehmonlardan ko’ra ko’proq ustunliklarga ega. Birovning uyida hyech kim ruxsatsiz majlisni tark etmaydi,telefonda gapirmaydi va umuman suhbatga xalaqit beruvchi va keraksiz ishlarni qilmaydi. Uyingizda prezentasiya o’tkazish bilan ishning katta xarajatlarga muhtoj emasligini va 1-2 soatlik suhbat uchun joyi bo’lgan har insonning bemalol bu biznes bilan shug’ullanishini ko’rsatasiz.
Savollar: A) Nega prezentasiya taklif qilinayotgan shaxsning yashash joyida o’tkazilmasligi kerak?
V) Nega prezentasiya juda shinam va qimmatbaho ofislarda o’tkazilmasligi kerak?
Prezentasiya o’tkazishning boshqa nozik tomonlarini lideringizdan so’rang.
PREZENTASIYaVAQTI: 1.Prezentasiya oldindan kelishilgan aniq vaqtda o’tkazilishi kerak. Prezentasiyaning qancha davom etishi ham, oldindan belgilanishi kerak. Agar taklif qilingan kishi 20 daqiqa kechiksa uchrashuv bekor qilinadi va prezentasiya o’tkazilmaydi.
VAQTNI QADRLASh- BIZNESIMIZNING ASOSIY DASTURLARIDAN. 2. Prezentasiya shunday bir vaqtda o’tkazilishi kerak-ki, taklif qilingan do’stlarimizning undan bir soat oldin va bir soat keyin muhim ishlari bo’lmasligi kerak. Aks holda u kishining xayoli o’sha boshqa ishda bo’ladi.