Savol: Nega prezentasiya vaqtida lideringizdan savol so’ramasligingiz kerak?
UChTA MUHIM XUSUS (punkt) Prezentasiya o’tilgandan va savolu javob tugagandan keyin, taklif qilingan kishiga uchta xususni aytib bering. Bu uch xususni unga aynan siz aytishingiz shart. Agar aytmasangiz prezentasiyaning foydasi bo’lmaydi.Siz do’stingizning ish haqida to’liq tushuncha olganini so’rab ko’ring. Bir oz suhbatdan keyin uchta punktni ayting.
Oldin choy yoki kofe tashkil qiling, do’stingizni chaqiring. Televizorni qo’ying yoki toza havoga chiqing. Umuman vaziyatni o’zgartiring. Do’stingiz dam olgandek bo’lsin. Lideringiz xayrlashib ketgandan keyin siz u bilan yolg’iz qolasiz. Do’stingizga uch puktni bemalol tushuntiring. Ushbu uch punktni to’liq o’rganing va xar doim yodingizda bo’lsin.
Punkt A (“avtomobil” misoli) : Aziz do’stim, siz buyuk imkoniyatlarga boy biznes bilan tanishdingiz va bir soat ichida juda ko’p ma’lumot va yangilik oldingiz. Bu biznes juda ko’p insonning hayotini o’zgartirgan. Men ham shu biznes bilan shug’ullanaman. Sizni kompaniyamiz bilan, kasbdoshlarim bilan va siz uchun yangi bo’lgan biznes bilan tanishtirish uchun chaqirdim. Albatta bu haqda hali ko’p gaplashishimiz kerak. Sizga ishni o’rgatamiz va ko’proq ma’lumot beraman. Afsuski, ko’plar ishni to’g’ri tushunmaydilar va borib bu biznes haqida umuman ma’lumoti bo’lmagan kishilar bilan maslahat qiladilar. U kishilar sizga hyech qanday to’g’ri yo’l ko’rsata olmaydilar. Aksincha noto’g’ri gaplar bilan sizni yo’ldan uradilar.
Sizga qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa, menga yoki kasbdoshlarimga bemalol murojaat qilavering. Siz bilan birga internetdan to’g’ri ma’lumot qidirsak ham bo’ladi. Faraz qilaylik, avtomobil olish niyatidasiz. To’g’ri ma’lumot uchun kimga borasiz? Avtomobil haqida hamma narsani biladigan kishidan yoki siz ishongan, lekin avtomobilni tushunmaydigan yaqinlaringizdan so’rarmidingiz? Bizning ishimizda ham xuddi shunday. Biznesni bilgan, o’zi shu biznes bilan shug’ullanadigan va ishining to’g’ri yo’llarini biladigan kishidan so’rashingiz kerak.
Shuning uchun, do’stim, yodingizda bo’lsin, hyech qachon bu biznesdan uzoq insonlar bilan maslahatlashmang. Bilib qo’ying, bugundan e’tiboran atrofingizdagi barcha insondan ko’proq ma’lumotga egasiz. Sizdan kam biladiganlar sizga hyech bir maslahat bera olmaydilar, shuning uchun to’g’ri maslahatni sizdan ko’p ma’lumotga ega kishilardan so’rang.
Suhbatdan so’ng do’stingizga kartochkangizni (vizitkangizni) bering.