Punkt V (“katalogsiz prezentasiya”): Aziz do’stim, bu biznesda qiziq bir haqiqat bor: bir qator kishilar bu ishda inqirozga uchraganlar. Buning sababi - ularning o’zlarini bilmasliklari va tushunchasizliklari. Ular shoshilganlar. Ularning fikricha, bu biznes - chap va o’ng tarafga odam to’plash ishidir. Aslida bunday emas! Bu baxtsizlar prezantasiyadan keyin “DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) haqida hamma narsani tushunib yetdik” deb o’ylaydilar, ishga aloqasiz yaqinlari bilan maslahat-lashadilar. Bu o’zboshimchalik bilan boshqalarga biznesni tushuntirishga kirishadilar. Yetarsiz va kam ma’lumotlar tarqatadilar. Kataloglari bo’lmay turib doiralar chizib, raqamlar yozib va qog’oz ustida gap to’qib, chap va o’ng taraflariga odam jamlashga harakat qiladilar. “Qancha ko’p va tez odam to’plasangiz, shuncha tez boyib ketasiz” deb insonlarga puch va’dalar beradilar. Yolg’on gapiradilar.
Aziz do’stim, ulardek xato qilmang! Agar qog’oz ustida tushuntirish bilan ish bitsa edi, sizni prezentasiyaga olib kelmas edim. Liderim va kasbdoshlarim bilan sizni tanishtirishga va ularning katalog yordamida ishni to’liq tushuntirishlariga intilmas edim. Shuning uchun shoshilmang va o’z qo’lingiz bilan o’z biznesingizni sindirmang. Bu biznes haqida biror so’z ham aytmang. Agar aytsangiz, ular bu ishni o’yin deb o’ylashadi. Agar bir savol so’rab qolishsa va siz to’g’ri javob bera olmasangiz, ularga kulgu bo’lasiz. Sizga shunday deydilar: “Bu savollarga javobing bo’lmasa, qanaqa biznesmensan?”.
Shunday qilib noto’g’ri ish bilan o’z yaqinlaringizni qochirishingiz va ularning ishonchidan chiqishingiz mumkin. Keling, yaxshisi shoshilmang. Biznesga kiring, hamkor bo’ling. Siz uchun tezda liderim yordamida kurs tashkil qilamiz. Bir kitobcha va ish haqidagi disklarni o’tamiz. Ikki tarafingizdan keladigan yaqinlaringizni birgalikda tanlaymiz. Ularni to’g’ri tarzda biznesga taklif qilamiz. Ularni ham noto’g’ri harakatlardan ogoh qilamiz. Vaqti kelmay turib har tarafga ma’lumot uchun yugurmasliklari va vaqti kelganida hamma narsaga ulgurishlarini tushuntiramiz.