Tarmoqli biznes


- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -



Yüklə 333 Kb.
səhifə5/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
10 asos

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -


2- ASOS:MAQSAD BELGILASh

Barcha omadli insonlar oldilariga aniq maqsad qo’ygandan keyin ish boshlaganlar. Chunki nima xohlashingizni bilmay turib umuman hyech narsaga erishmaysiz! Avtomashina uchun benzin qanchalik muhim bo’lsa, inson uchun maqsad undan ham zarurroq. Mashinada benzin bo’lmasa u yurmaydi.Agar sizda ham aniq maqsadlaringiz bo’lmasa,“Doimiy Xaridorlar Tizimi (SAP) ”dagi birinchi qiyinchilikka uchraganingizdayoq bu ishni tashlab yuborasiz. Bu ishni boshlashdan oldin, hayotdan nimalarni orzu qilishingizni belgilab oling! Nimalarga erishishni, kim bo’lishni, qanday joyda kim bilan xayot kechirishni dilingizga tugib qo’ygansiz?


Bugunoq o’z maqsadlaringizni bir daftarga yozing!Orzularingiz yozilgan ushbu daftar har doim yoningizda bo’lsin. Qanday qiyinchiliklar sizni bu ishga boshlab keldi? Nima sababdan bu ishda albatta muvaffaqiyatga erishishingiz kerak? Compelling Reasons.
Meni aynan bu ishni tanlashimning birinchi sababi – pulsizlikdan charchadim! Bu biznes orqali hayotimda o’zim xoxlagan hamma narsaga erishishni istayman. Men dunyo kezishni yoshligimdan beri orzu qilaman. O’zim, oila a’zolarim va qadrdonlarimning ko’ngildagidek yashashlari uchun bu biznes tufayli yetarli miqdorda har haftalik daromadga ega bo’lishim kerakligini bilaman va bu natija uchun ishlayman.
Nima maqsadda biznesga kirganingizni bilishingiz shart. Hamma sabablaringizni ham orzularingizni yozgandan keyin o’sha daftarga yozing.
Ko’zingizni yuming, tinchlaning (rohatlaning) va tasavvur qiling: 11oydan keyin siz 40 000$ daromad oldingiz. Har oy o’z pulingizga xohlagan narsangizni olishni istamaysizmi? Ko’nglingiz nimalarni xohlayapti?
Aqlingizga kelgan hamma xohish va orzularingizni yozing. Maqsadlaringiz ish uchun sizga ilhom baxsh etadi, ya’ni ruhlantiradi (zavqlantiradi). Qilgan daromadlaringiz bilan nimalarga ega bo’lmoqchisiz, shularni aniq yozing. Ular necha pul turadi? Qachongacha har bir orzuingizga erishmoqchisiz? Aniq sana yozing.
Es-hushingizni bir joyga yig’ing! Endi diqqat bilan ishlashingiz kerak. Vaqti kelib, sizning chap va o’ng yo’nalishingizga ikki kishi albatta keladi.Bu bilan na siz va na ular boyib ketishadi. Bu bilan siz ham, ular ham millioner bo’lmaysiz. Shuning uchun, ikkala odamingiz kelganidan so’ng, ular bilan o’tirasiz va maqsadlaringizni yozasizlar.Ularga quvvat baxsh eting va ilhomlantiring. Bir-birlaringni hurmat qiling va o’xshash maqsadlaringiz yordamida kuchli bir jamoa (komanda) tuzing. Agar shu ishni ijro etsangiz, sizning tashkilotingiz (organizasiyangiz) asta sekinlik bilan oldinga harakat qilib boradi va rivojlanadi. Barcha hamkorlaringizning buyuk orzusi(maqsadi) bor. Ular biz bag’ishlagan ilhom va ishonch bilan, darslar va yo’l-yo’riqlar yordamida maqsadlariga olg’a intiladilar va erishadilar.Siz va jamoangiz - bo’lajak millionerlarsiz!

Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin