Darsning mavzusi:Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar Darsning maqsadi:a)ta’limiy-ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar haqida bilim berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbidaezgu insoniytuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ergashgan qo’shma gap haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.98-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1-t.Berilgan bog’lovchilar bilan qo’shma gaplar hosil qiling:
Agar tarjimon bo’lishni istasang,ko’p tillarni ouxta egallashing zarur.
II.Bilib oling:Bosh gapda ifodalangan mazmunning zababi,maqsadi,sharti,yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab(chunki,negaki),maqsad(toki),shart(agar,agarda,mabodo,
basharti)ergashtiruvchi bog’lovchilari,shuningdek qiyoslash-chog’ishtiruv(go’yo,go’yoki,xuddi)yuklama-bog’lovchilari yordamida bog’lanadi.Sabab,maqsad,qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida,shart bog’lovchisi esa gap boshida keladi…
99-mashq:Ergash gapni bog’lovchi vositalarni aniqlang:
1.Ozgina hovliga tirishsa ham,chochishsa ham mayliga,negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo’ladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.100-102-mashlar ustida ishlash.
102-mashq:Quyida berilgan gaplarni davom ettiring va bog’lovchi vositalarni toping:
1.Donishmandlar so’zini javohirga o’xshatadilar,chunki ular aytgan har bir so’z odamlarni insoniylikka boshlaydi…
II.Darslikdan tashqari hikoyatlar o’qib,qo’shma gaplarni topub,ularni bog’lovchi vositalarni toppish.
III.Test sinovi.
1.Maqsad bog’lovchisi berilgan qatorni toping.
A.Toki B.Agar ,agarda C.Mabodo D.Xuddi,go’yo
2.Agar,agarda,basharti,mabodo bog’lovchilariqandaybog’lovchi turiga kiradi?
A.Sabab B.Maqsad C.O’xshatish D.Shart
3.Qaysi bog’lovchi gap boshida keladi?
A.Sabab B.O’xshatish C.Maqsad D.Shart
4.Bugun kayfiyatim a’lo,chunki qishloqdan buvim keldilar._Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap turini aniqlang?
A. Sabab ergash gap B.Shart ergash gap
C.O’xshatish ergash gap D.Maqsad ergash gap
5.Shart ergash gap berilgan qatorni toping.
A.Agar hayotdaqoqilmay desang,doimo ildam yur.
B.Intilganga tole’ yor.
C.Atrof juda ko’rkam,go’yo oltin gilam to’shakaganday.
D.Men adabiyotga shaydoman,chunki undagi asarlar meni ohangraboday o’ziga tortadi.