Tartib raqam Sinf Sana


O’quvchilar bilimini baholash



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə53/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

O’quvchilar bilimini baholash.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5








Mavzu: 5 –nazorat . Diktant
Men buyuk yurt farzandiman
Darsningmaqsadi:
a) ta`limiy- o`quvchilarning bilim ko`nikma malakalarini nazorat qilish;
b) tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat,uyuk ajdodlarga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi- og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:nazorat;
Darsning uslubi:bahs,reja tuzish, yozish;
Darsning jihozi:nazorat ishi daftarlari,buyuk ajdodlar timsolari.
Darsningborishi:
Tashkiliyishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish ,navbatchi axboroti;b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilar bilan nazorat ishi mavzusi yuzasidan bahs-munozara,buyuk ajdodlarning tariximizda tutgan o’rni,ezgu ishlari...yuzasidan suhbat;
II.Mavzuga oid reja tuzish, o’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish va rejalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.O’quvchilarga nazorat ishi daftarlariga inshoni yozdirish:
Diktant
Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin.ManguberdiTo’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqil-u dono ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar hali-hanuz dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda…
Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz.
Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay..
II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat…
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.

Qotil qo`li qilich soldi mast,


Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.
Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim
II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.
Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiy-badiiy asarlar o’qish




Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin