Darsning mavzusi:Mustahkamlash darsi a)ta’limiy-o’quvchilarning qo’shma gaplar yuzasidan olgan bilim va tishunchalarini takrorlash orqali mustahkamlash
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Qo’shma gaplar haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Qoshma gaplar ma’nodoshligi myuzasi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.177-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1-topshiriq:Qo’shma gaplarni topib ko’chiring:
1.Har kimga ozor bera ko’rma,dunyo barchaga barobardir-bog’lovchisiz qo’shma gap;
2-topshiriq:Qo’shma gaplarni turlarga ajratib yozing va ularni bog’lovchi vositalarni toping:
1.Onam xursand bo’ldi-da,meni bag’riga bosdi-bog’langan qo’shma gap;
2.Quyoshning uyg’onishi sen ta’riflagandan ham antiqa:tong nihoyatda go’zal bo’ladi-bog’lovchisiz qo’shma gap;
Darsning mustahkamlash bosqichida: II.3-topshiriq:Bog’lovchisiz qo’shma gaplarga to’rtta misol yozing.Tinish belgilarining qo’yilishini tushuntiring:
1.Vaqting ketdi-baxting ketdi-qiyoslash;
2.Bahor keldi,gullar ochildi-ketma-ketlik;
3.Bizning qarorimiz shu:hasharda hammamiz ishtirok etamiz-izohlash;
III.Bog’lovchisiz qo’shma gap tuzing,uni ergashgan va bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring:
Bugun qor yog’di,hamma xursand bo’ldi-bog’lovchisiz q/g;
Bugun qor yog’di-yu,hamma xursand bo’ldi-bog’langan q/g;
Bugun qor yog’di,shuning uchun hamma xursand bo’ldi-ergashgan q/g;
IV.Test sinovi:
1.Onajonim xursand bo’lsin deb,shirin-shirin taomlar pishirdim-gap turini aniqlang:
A.Ergashgan q/g B.Bog’langan q/g C.Sodda gap D.Bog’lovchisiz q/g
2.Gap qanday vosita orqali bog’langan?Bu yil hosil ko’p bo’ldi,chunki havo yaxshi keldi.
A.Ohang B.Teng bog’lovchi C.Ergashtiruvchi bog’lovchi D.Yuklama
3.Gap turini aniqlang:Nazokat darsda gaplashib o’tirgani uchun ustozdan dakki eshitdi.
A.Ergashga q/g B.Bog’langan q/g C.Sodda gap D.Bog’lovchisiz q/g
4.Ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A.Salomat qiziqarli ertaklar va sarguzasht hikoyalarni yaxshi ko’radi.
B.Gullar ochildi,tabiat yashnadi.
C.Tadbir qiziqarli bo’ldi,shu sababli o’qituvchi bizni olqishladi.
D.Do’stini xafa qildi-yu,shu on afsuslandi.
5.Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang.Shuni unutmangki,siz biz uchun eng qadrli insonsiz.
A.Aniqlovchi ergash gap B.Hol ergash gap
C.Ega ergash gap D.To’ldiruvchi ergash gap
Javoblar:1.A 2.C3.C4.C 5.D
Uyga vazifa:4-topshiriq:Qo’shma gaplarni turlarga ajratib ko’chiring:
1.Istiqlol davri bolalari g’ayratli,shijoatli;ko’ziga chaqini ,ko’ksida yolqini bor-Bog’lovchisiz q/g;
2.Bolalik inson hayotining shunday poydevoriki,umr binosining keyingi bo’y-basti, salobati unga bog’liq bo’ladi-Ergashgan q/g;
3.Shundagina biz o’z maqsadlarimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassarbo’ladi-Bog’langan qo’shma gap;