Darsning mavzusi:Qo’shma gaplar yuzasidan mustahkamlash darsi a)ta’limiy-o’quvchilarning qo’shma gaplar yuzasidan olgan bilim va tushunchalarini mustahkamlash
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Qo’shma gaplar haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Qoshma gaplar ma’nodoshligi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.4-topshiriq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Sinf o’quvchilari I2 guruhga ajratiladi: II.Aqlih hujum:(1)
1.Gaplar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
2.Sodda gaplarga ta’rif bering.
3.Bog’langan qo’shma gaplar deb nimaga aytiladi?
4.Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarga misol keltiring.
5.Ergashtiruvchi bog’lovchilar qaysilar?
6.Qo’shma gaplar ma’nodoshligi deb nimaga aytiladi?
Aqliy hujim(2)
1.Qo’shma gaplar necha turga bo’linadi?
2.Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarga misol keltiring.
3.Ergashgan qo’shma gapga ta’rif bering.
4.To’ldiruvchi ergash gap deb nimaga aytiladi?
5.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarga misol keltiring.
5.Bog’lovchisiz qo’shma gapga ta’rif bering.
II.Qo’shma gapning har bir turiga ikkitadan gaplar tuzing:
1.Salomat darsdan so’ng to’g’ri uyga qaytdi va ovqatga unnadi-bog’langan q/g;
2.Dehqonlar bu yil o’l hosil olishni rejalashtirmoqdalar,shusababli alohida ishlar ustida amaliyot olib bormoqdalar-ergashgan q/g;
3.Maktab tugadi,hamma bitiruvchilar qalbini ming hayajon qopladi-bog’lovchisiz q/g
Dasrnini mustahkamlash bosqichida: I.Tarqatmalarda berilgan matnlardan qo’shma gaplarni toping va gap turlarini,ularni bog’lovchi vositalarni aniqlang.
II.Gaplar ma’nodoshligiga gaplar tuzing:
1.Inson odobi bilan go’zal,uning odobi kimligidan darak beradi-bog’lovchisiz q/g’
2.Inson odobi bilan go’zal va uning odobi kimligidan darak beradi-bog’langan q/g;
3.Inson odobi bilan go’zal,chunki uning odobi kimligidan darak beradi-ergashgan q/g;
IV.Test sinovi:
1.Sayyora kimyo fanini sidqi dildan o’rganmoqchi,chunki u shifokor bo’lish niyatida -gap qaysi vosita bilan bog’langan?
A.Yuklama B.Erhashtiruvchi bog’lovchi C.Ohang D.Bog’lovchi vosita
2.Berilgan gap turini aniqlang:Osmonda quyosh porlab turibdi,qalblar esa sevinchga tola
A.Bog’langan q/g B.Sodda gap C.Ergashgan q/g D.Bog’lovchisiz q/g
3.Salim Oybekni kechirmadi,chunki u ishongan sirini hammaga oshkor etdi-gap nima bilan bog’langan?
A.Ergashtiruvchi bog’lovchi B.Ohang
C.Yuklama D.Ko’makchi qurilma
4.Qo’shma gap qismlari qaysi vosita orqali bog’langan?
Men ham kinoga bormoqchi edim,ammo vaqt topa olmadim.
A.Ohang B.Ergashtiruvchi bog’lovchi
C.Ayiruv bog’lovchisi D.Zidlov bog’lovchidi
5.Gap turini aniqlang:Dam qor gupillab yog’ar edi,dam jala quyar edi.
A.Bog’lovchisiz q/g B.Ergashgan q/g C.Sodda gap D.Bog’langan q/g
Javoblar:1.B 2.A 3.A 4.D 5.D
Uyga vazifa:Badiiy asarlardan qo’shma gap turlariga misollar topib yozing:
1.Akbarali Bektemir akaning baxtiyor kulib turgan yuzini ko’z oldiga keltirdi,u konchi formasini kiyganda juda quvonib ketgan edi-Bog’lovchisiz q/g;
2.U shoshib ona qo’lidan tugunchani oldi-yu,hech qayoqqa qaramasdan,hech nima demasdan o’zini ovqatga urdi-bog’langan q/g;