Mavzu: Hunаrmаndchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga hunаrmаndchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilar tasavvurida hunаrmаndchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Respublika «Hunarmand» xalq hunarmandlari uyushmasining viloyatlarda 13 ta boshqarmasi, tumanlarda 154 ta bo‘limi bo‘lib, bugungi kunda u 21 ming nafardan ziyod hunarmandni o‘zida birlashtirgan. Uyushma o‘z a’zolarining ijtimoiy himoyasi, erkin mehnat qilishi va faoliyat ko‘lamini kengaytirishiga yaqindan ko‘maklashib keladi. Yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli ko‘plab hunarmandlarimiz xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etmoqdalar. Harakatda – barakat deganlaridek, hunarmandchilikda shogird yetishtirish maktabining yo‘lga qoyilishi yoshlar uchun ayni muddao bo‘lmoqda, farzandlarimiz hunarli bo‘lish bilan birga daromad manbaiga ham ega bo‘layotirlar. Boshqa jihatdan buning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati ham bor: avvalo, hunarmandchilik yoshlarni mehnat bilan uyda, ya’ni oila davrasida shug‘ullanish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish imkonini beradi. Bunda ota-onalar «bolam qayerda, nima qilayotgan ekan?» degan xavotirdan xoli bo‘lishadi. Shu yo‘l bilan oilaning kichik a’zosi ham hunarmandchilik sirlarini o‘zlashtirib oladi. Bunday oilada o‘z-o‘zidan ishsizlik, moddiy yetishmovchilik yoki huquqbuzarliklar bo‘lmaydi. Fikrimizni respublikamizning turli hududlarida turli hunarlar bilan mashg‘ul oilalarning tajribasi yaqqol tasdiqlaydi. Oradan davrlar o‘tdi, zamonlar o‘zgardi. Yirik sanoat korxonalari, zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘payib, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj biroz kamaygandek bo‘ldi. Hatto to‘quv dastgohlari, bosqonu sandonlar keraksiz matohga aylangandek tuyuldi. Biroq o‘tmishidan quvvat oladigan, bobokalonlarimiz shijoatidan ruhlanadigan xalqimiz qalb qo‘ri, ko‘z nuridan bunyod etiladigan hunarmandchilik buyumlari «moda»dan tushmaydigan asl mahsulotlar ekanligi yana o‘z isbotini topmoqda. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, mamlakatimiz hududida neolit davridayoq sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga kelgan. Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepadan topilgan noyob yodgorliklar buning yorqin dalilidir. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab, Buyuk ipak yo‘li orqali yurtimiz hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Yevropa bozorlariga kirib borgan. Yuqori sifatli, nozik did va yuksak mahorat bilan tayyorlangan shoyi gazlamalar, mis va temirdan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlari, betakror naqshli gilamlar o‘sha kezlarda g‘arbliklarni lol qoldirgani ayni haqiqat. Mustaqillik yillarida milliy hunarmandchilik, kasanachilik qaytadan ravnaq topdi. Soha vakillari huquqlarini davlat tomonidan kafolatlovchi bir qator meyoriy hujjatlar dunyo yuzini ko‘rdi.
Vazirlar Mahkamasining 24 avgust 2001 yildagi «Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolarini davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qaroriga (351-son) asosan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, jumladan hunarmandlar, kasanachilarga mehnat daftarchasi, pensiya va sug‘urta daftarchalari ochiladi hamda faoliyati davrida muntazam yuritib boriladi. Huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilayotgan hunarmandlarimiz bugun
nafaqat ichki bozor, balki eksport uchun ham mahsulotlar ishlab chiqara boshladilar. O‘z navbatida, ularning fidokorona mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Masalan, rishtonlik usta-kulol Tohirjon Haydarov «Do‘stlik» ordeni bilan, namanganlik to‘quvchi hunarmand Latipjon Ahmadjonov va Qashqadaryolik milliy gilamdo‘z Saltanat Qo‘ldosheva «Shuhrat» medali bilan taqdirlanib, davlatimizning hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili o‘tkaziladigan «Tashabbus» ko‘rik-tanlovida alohida «Yilning eng yaxshi hunarmandi» nominasiyasining borligi ham yurtimiz hunarmandlari o‘z mahsulotlarini namoyish etishlari uchun ulkan imkoniyatdir. Agar tashabbus qo‘llab-quvvatlansa, iste’dodlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilib e’tirof etilsa, munosib taqdirlansa, yangi-yangi g‘oyalar va tashabbuslar tug‘ilaveradi. Mamlakatimiz Prezidentining 2013 yil 18 yanvarda Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan majlisdagi “Bosh maqsadimiz — keng ko‘lamli islohotlar va modernizasiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” nomli ma’ruzasida bu borada joriy yildagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ma’ruzada “Band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlashda kasanachilikning turli shakllarini, birinchi navbatda, kasanachilar bilan korxonalar o‘rtasidagi kooperasiyani mehnat shartnomalari asosida kengaytirish, oilaviy biznesni rivojlantirish katta rezerv hisoblanadi. Mazkur sohalar hisobidan 280 mingdan ortiq kishini ishgajalb qilish ko‘zda tutilgan”, deya alohida ta’kidlangan.