Tartib raqam Sinf


Mavzu: Mеhnаtni ilmiy tаshkil etish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə66/88
tarix10.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#78879
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Tartib raqam Sinf

Mavzu: Mеhnаtni ilmiy tаshkil etish.
Tаbiаt muhоfаzа qilish vа ishlаb chiqаrish.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga mеhnаtni ilmiy tаshkil etish. Tаbiаt muhоfаzа qilish vа ishlаb chiqаrish haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida mеhnаtni ilmiy tаshkil etish. Tаbiаt muhоfаzа qilish vа ishlаb chiqаrish haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Kishilik jamiyati va uning taraqqiyoti hozirgacha bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Uning bosib o‘tgan yo‘li bir qancha o‘zgarishlar va iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Bu jarayonlarni o‘rganishga turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, ular insonlar faoliyati, texnika va texnologik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonlar hayotining moddiy asosi bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishning ikki turi mavjud. Ya’ni qo‘l mehnatiga va mashina mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish tufayli yaratilgan mahsulot iqtisodiy shakli jihatidan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni natural (buyum, narsa) va tovar shaklida. Shunga ko‘ra xo‘jalik aloqalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot yetkazib berish va bozor-pul muomalasi orqali amalga oshiriladi. Hayot uchun, taraqqiyot uchun ishlab chiqarish moddiy va ma’naviy asos yaratib beradi. Demak, ish kuchi bilan mehnat ashyolari va mehnat qurollarini birikishi ishlab chiqarishni tashkil etadi yoki uni ishlab chiqaruvchi kuchlar deb atash mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligi ishlab chiqarish usuli deb ataladi. Ishlab chiqarish usulida hal qiluvchi omillar ish kuchi va mehnat vositalari muhim rol oynaydi. Ish kuchi (shaxsiy omil), mehnat vositalari (moddiy omil) hisoblanadi. Bu ikkalasi birikishi natijasida iqtisodiy jarayonlar sodir bo‘ladi, tabiatga ta’sir qiladi, yashash uchun sharoitlar yaratiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va erishgan darajasi ijtimoiy taraqqiyotning me’zoni va umumiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida, tabiat ashyolari, moddiy ashyolar bilan bog‘lanib qolmasdan, balki bu jarayonda ular o‘rtasida ham o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, u moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va iste’mol qilishda vujudga keladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar jamiyatning iqtisodiy bazisini yaratsa, munosabatlar esa uni ustqurmasini yaratadi. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, potok avtomat liniyalar, raqamli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar, robot texnikasi komplekslarining joriy etilishi hozirgi kunda juda taraqqiy etib bormoqda. Ilmiy texnikani ishlab chiqarishga tatbiq etilishi natijasida tabiiy qazilma boyliklardan foydalanish ancha ilgarilab ketdi. Shu bilan birgalikda ilmiy texnik taraqqiyot tabiatni ifloslantirish va buzish masalalaridan ham holi emas. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi har 15 yilda ikki marotaba ko‘payib bormoqda. Shu bilan bir qatorda insonning ish foliyati natijasida hosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdori ham ko‘payib bormoqda. Bu chiqindilar tabiiy muhitni ifloslab bormoqda. Moddalar va energiyaning tabiatdan olinishi va qaytimi jarayoni muvoffiqlashgan bo‘lishi kerak. Aks holda tabiatdagi ekologik muvoznatning buzilishiga olib keladi. Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida yuzaga kelayotgan bu muhim, globallashayotgan muammolarni hal etishning yo‘llaridan biri – bu ekologik zararsiz ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir. Buning uchun iloji boricha tabiiy resurslardan kamroq foydalanish, amaliy jihatdan mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarishlarda esa iqtisodiy jihatdan unumli va ekologik samara beradigan ishlab chiqarishlarni ko‘paytirish zarur. Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, hozirgi zamon ishlab chiqarishini va tabiatni birgalikda, ya’ni ekologik-iqtisodiy tizim sifatida qaralishi kerak.
Ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy ta’siri ishlab chiqarish hajmini oshirishda emas, balki texnologiyalarning takomillashtirilmaganligidadir. Bu masalani hal etilishining asosiy yo‘llaridan biri korxonalardan chiqayotgan zararli chiqindilarni tozalashning kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shu yo‘llar bilan atrof-muhitga chiqariladigan zararli qo‘shimchalarning miqdorini kamaytirishga, xom ashyolardan kompleks foydalanishga va natijada ishlab chiqarish harajatlarini anchaga kamaytirishga erishish mumkin.


  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin