Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:Abduхоliq G`ijduvоniy faоliyati



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə13/40
tarix24.12.2023
ölçüsü169,43 Kb.
#193661
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Tasavvuf va badiiy ijod-fayllar.org

11-Mavzu:Abduхоliq G`ijduvоniy faоliyati.
Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Gʻijduvoniy (1103- Gʻijduvon — 1179) — xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri. Xojaiy Jahon nomi bilan ham mashhur. Uning tarjimai holiga bagʻishlab nomaʼ-lum muallif yozgan „Zikri voqioti Xo-jaiy Jahon Abdulxoliq Gʻijduvoniy“ asarining 1717-yilda koʻchirilgan nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 9 yoshida Qur’onni yod olgan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. Buxorolik ilk ustozi Imom Sadriddindan tafsir ilmini oʻrganadi. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. Oʻzini ibodatu riyozatga mashgʻul tutib, butun hayoti davomida 5 asar bitadi. Bulardan „Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy“ („Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari“) asarida ustozining tarjimai holi va uning taʼlimoti yoritiladi. A. F. Yusuf Hamadoniy taʼlimotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri xufiyani olib kirdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha (qonun-qoida)sini shakllantirib berdi. A. F. taʼlimoti keyingi davr yirik sufiylari tomonidan oʻrganilgan va sharhqilingan. Mas, „Maxdumi Aʼzam“ laqabi bilan mashhur boʻlgan Ahmad ibn Mavlono Jaloluddin Xojagiy Kosoniy A. Gʻ.ning 4 vasiyatini „Risolai chahor kalima“ („Toʻrt soʻz haqida risola“) asarida sharhlagan. A. F. tasavvufga oid taʼlimotining asosiy qismi Abdurahmon Jomiyning ustozi Mavlono Saʼduddin Koshgʻariy (1456-yil v. e.)ning „Risola“ asarida bayon etilgan. A. F. qabri Gʻijduvon shahrida.Buxorodagi yetti pirning birinchisi, musulmon sharqida mashhur tariqat – xojagon-naqshbandiya silsilasi asoschisi Abdulxoliq G‘ijduvoniy taxminan 1103- yili Buxoro yaqinidagi G‘ijduvonda dunyoga kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, uning otasi imom Abduljamil imom Molik avlodidan bo‘lib, o‘z davrining zohiriy va botiniy ilmlarida dong taratgan ulug‘ donishmandlaridan biri edi. Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ota-onasi asli rum (Vizantiya)lik bo‘lib, vaziyat taqozosi bilan Movarounnahrga ko‘chib kelgan. “Matlabut-tolibin” va “Maqomoti Yusuf Hamadoniy” asarlarida zikr etilishicha, Abduljamil 113 yoshida ham farzand ko‘rmaydi, uzoq yillik iltijolaridan so‘ng Alloh taolo unga o‘g‘il farzand ato etadi. Abdurahmon Jomiyning “Nafaxotul-uns”, “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Nasoyimul-muhabbat” va yana o‘nlab tazkira kitoblarida boshqa ulug‘ mashoyixlar qatori Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy ham yuksak ehtirom ila tilga olingan. Bu asarlarda Xojai Jahonning tutgan yo‘li tariqatda hujjat va namuna hisoblangani, haq bilan nohaqni ajratuvchi, adolatli kishilar nazdida maqbul va mo‘‘tabar ekani, hamisha sadoqat va poklik yo‘lida yurgani, shariat va sunnatga rioya qilib, turli bid’atu xurofotlarga qarshi tinimsiz kurashgani qayd etiladi. U ilk ta’limni otasidan olgan. Besh yoshga to‘lgach, Buxoro olimlaridan biri imom Sadriddindan Qur’oni karim, tafsir ilmlarini o‘rganadi. To‘qqiz yoshda Qur’onni yod oladi, o‘n yoshidan boshlab esa so‘fiylarning zikr majlislarida ishtirok eta boshlaydi. Yosh Abdulxoliqda so‘fiylikka bo‘lgan qiziqish ustozi imom Sadriddindan ta’lim olgan chog‘lari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Abdulxoliq 22 yoshga to‘lgach, Buxoroga kelgan o‘sha davrning mashhur shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga shogird tushadi. Xoja Yusuf Hamadoniyning Abdulxoliq G‘ijduvoniydan tashqari, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Ahmad Yassaviy kabi islom olami va tariqat tarixida mashhur shogirdlari ham bo‘lgan. Abdulxoliq G‘ijduvoniy ustozi Xurosonga qaytib ketguniga qadar uning xizmatida bo‘lib, xojagon tariqati usullarini mukammal egallaydi (xojagon tariqatini garchand Xoja Abdulxoliq asoslagan bo‘lsa-da, uning urug‘larini tasavvufning yirik namoyandasi, buyuk olim Xoja Yusuf qadagan) va ko‘p o‘tmay o‘zi ham yirik tasavvuf olimiga aylanadi.
Yusuf Hamadoniy Movarounnahrdan Xurosonga qaytganidan so‘ng Abdulxoliq G‘ijduvoniy bir muddat riyozatga berilib, nafs tarbiyasi bilan shug‘ullanadi va natijada, karomat sohibi bo‘lgan valiy darajasiga yetishadi. Biroq valiyligi va karomatlarini boshqalardan yashiradi. Manbalarda keltirilishicha, Xoja Yusuf Hamadoniy o‘limidan oldin o‘zidan keyin Xoja Abdulloh Barraqiy, undan keyin Xoja Hasan Andaqiy, undan so‘ng Xoja Ahmad Yassaviy xalifa (pirning o‘rinbosari darajasiga yetgan murid) bo‘lishi, Xoja Ahmad Turkistonga ketgach esa uning o‘rnini Abdulxoliq G‘ijduvoniy egallashi lozimligini vasiyat qiladi. Shundan so‘ng Buxoroda murshidlik qila boshlagan G‘ijduvoniyning muridlari safiga oddiy xalq qatori, ko‘plab amaldorlar, hatto Buxoro hukmdorlaridan Muhammad Umar Sadr ham qo‘shiladi. Xoja Abdulxoliqning obro‘-martabasi faqatgina O‘rta Osiyo hududi bilan cheklanmaydi, Shom diyorida ham u xonaqoh barpo etib, muridlar tarbiyasiga jiddiy bel bog‘lagani qayd etiladi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin