Беладонт. Таркиби, ижобий ва салбий хусусиятлари.
Javob: "Belodont" ikki komponentli silikofosfat sement. Bu plombani yon va frontal tishlarni plombalashda (bo'shliq vestibular yuzaga qarabkengaymagan xoatlarda) ishlatiladi. Bundan tashqari sun'iy koronka bilan yopiladigan tishlarni plombalashhda ishlatiladi.
Tarkib:-kukuni alyuminosilikat shishadan tashkil topgan va silikofosfat sement bilan o'zgartirish kiritilgan.
-suyuqlikni tarkibiga aktivligi pasaytirilgan ortofosfat kislota kiradi.
Qo' llanilishi. Plombani qorish uchun oynaning silliq tomonidan foydalaniladi. Kukun obraziv xususiuatga ega. Shuning uchun, plomba ashyosini qorish jarayonida metall shpatel o'rniga, plastik, kobalt-xromli qotishma, agatlar va boshqa shpatellarda foydalaniladi. Plombani qorishda optimal sharoit yaratish kerak. Temperatura +22°S dan yuqori bo'lmasligi kerak. Agar ko'rsatkich bundan yuqori bo'lsa oynani sovitish va normaga keltirishimiz kerak. Mustahkam va sifatli plomba tayyorlash ichun 0.3-0.45g kukunga 0.15-0.25ml suyuqlik qo'shiladi. Kukun suyuqlokka bosqichma bosqich qo'shib boriladi. Yaltiroq bir xil rangli, bir xil massa xosil bo'lgandan keyin. Qorish jarayoni 45 sekunddan 1 daqiqagacha davom ettiriladi. Plomba shpatel bilan cho'zib ko'rilganda maksimal 1 mm cho'zilish kerak. Plombaga ishlov berish va umumiy ish vati 1.5 min dan ko'p bo'lmasligi kerak. Plombalashda porsiya-porsiya qilib, tish devorlariga iloji boricha yopishtirish kerak. Birlamchi qotish plomba joylashtirilgandan 6min o' tib boshlanadi bu vaqtda. So'lak plombaga tegmasligi kerak. Buning uchun ajratuvchi laklar va pastalardan foydalanadi. "Beladont"plomba ashyosini 25°Sdan past xaroratda saqlash, namlik va quyosh nuri to'g'ridan- to'g'ri tushib turadigan joylardan saqlash kerak. Yaroqlilik muddati 5 yil
Dostları ilə paylaş: |