Кетак моляр. Таркиби, ижобий хусусиятлари.
Javob: Ketac Molar Easymix – oson aralashuvchi shishaionomer sement.
Sementning granulalangan strukturasi kukunni aniq dozalashga va bir xil konsistensiyali aralashma hosil qilishga yordam beradi. Granulalar tez ho’llanadi, bu ish joyining kam ifloslanishini va aralashma hosil bo’lishini oson va qulay kechishini ta’minlaydi.
Patologik o’zgargan dentin bilan ham mustahkam kimyoviy bog’ hosil qiladi, bu bakterial zararlanish va sizib kirish xavfini kamaytiradi;
Uzoq vaqt ftor ajratib turadi;
Siqilish va qayrilishga yuqori chidamli, bu chaynashdagi bosimga bardosh berishga va sinish xavfining kamayishiga asos boladi;
Kislota ta’siriga yuqori darajada chidamli, qirralarning germetikligini ta’minlaydi;
Rentgenokontrastlik.
Ustun jihatlari:
Aktiv ravishda ftor ajratadi;
Granula tuzilishiga ega bo’lgani uchun nisbatan tez va oson aralashishi;
Nisbatan aniq dozirovka;
Aralashtirilganda chang ajralmasligi;
Rentgenokontrast;
Yuqori kompression qattiqlik;
Bo’shliq devorlariga yaxshi birikishi;
Patologik o’zgargan dentin bilan kimyoviy bog’ hosil qilishi;
Turli guruhga kiruvchi tishlarni qayta tiklash.
Qo’llashga ko’rsatmalar:
ART metodikasi;
Barcha tishlar uchun vaqtinchalik plomba sifatida;
Fissuralarni germetizatsiyalash uchun;
Bolalardagi mineralizatsiyasi yakullanmagan, barcha sinflarga kiruvchi bo’shliqlar;
Ildiz kariyesida;
Okklyuziyadan tashqaridagi uncha katta bo’lmagan bo’shliqlarda (I, III sinf);
V sinf, estetika talab qilinmaganda;
Doimiy plomba sifatida.
Tagliksiz ishlatish mumkin. Minimal invaziv usulda ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |