MA‘RUZA MAShG‘ULOTLARI MAZMUNI
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari
Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va usullari. Buxgalteriya balansi tarkibi va tuzilishi. Balansdagi o’zgarishlar. Buxgalteriya hisobi schyotlari va ikki yoqlama yozish. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Baholash va kalkulyatsiya. Asosiy xo’jalik jarayonlari (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya)ni hisobga olish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish. Hujjatlar aylanmasi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari. Buxgalteriya № 21 BHMS “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”. Buxgalteriya hisobi registrlari va hisob shakllari. Buxgalteriya moliyaviy hisoboti.
Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
Kassa va kassadagi pul mablag’lari kirim va chiqimi hisobi. Hisob-kitob schyotidagi muomalalarini (operatsiyalar) hisobga olish. Valyuta schyotidagi operatsiyalarni hisobga olish. Maxsus schyotlardagi operatsiyalarni hisobga olish. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi. Xaridor va byurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar hisobi. Berilgan va olingan bunaklar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi. Boshqa debitorlik va kreditorlik qarzlar hisobi. Pul mablag’lari va hisob-kitoblarni sintetik hisobi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
Asosiy vositalar va ularni turkumlash. Asosiy vositalarni kirim va chiqim qilish hisobi. Inventarizatsiya va ularni tartibga solish hisobi. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari (bir maromda usuli, ishlab chiqarish usuli, kumulyativ (yillar yig’indisi) usuli, ikki barobar kamayib boruvchi qoldiq usuli). Asosiy vositalarni qayta baholash hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiyalash hisobi. Asosiy vositalarni konservatsiya qilish hisobi. Nomoddiy aktivlar hisobi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sintetik hisobi.
Dostları ilə paylaş: |