Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Buxgalteriya hisobi” fani umumiykasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3- semestrda o’qitilishi maqsadga muvofik. “Buxgalteriya hisobi” fani umumkasbiy fanlar turkumiga kiradi va 5230100 - Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishida o’qitiladi. Mazkur fanni o’zlashtirish uchun ukuv rejasidagi “Matematika”, “Informatika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, “Menejment”, “Marketing” va “Statistika” fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi. Mazkur fandan olingan bilimlar esa “Iqtisodiy tahlil”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”, “Biznes reja” hamda ixtisoslik fanlaridan amaliy mashg’ulotlarini bajarishda keng qo’llanilib, bo’lg’usi mutaxassislarda ko’nikma va malaka shakllanishida muhim o’rin tutadi.
Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni
Buxgalteriya hisobi fanidan talabalar xo’jalik hisoboning buxgalteriya hisob kitoblarini yuritish, hususan bu kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maksadida korhonalar hujalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat kilish,buxgalteriya hisobi tashkil kilish va yuritish. ishbilharmonlik faoliyati buyicha mustaxkam nazariy bilim berish, ta'zriblarini urg'atish, hisob siyosatini ishlab chikish, amaliy siyosat, iktisodiyotni boshkarishda qabul qilingan qarorlar va ularni ilmiy asoslash to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash foydalanish usullarini o'rgatish haqida tasavvurga ega bo‘lishini ko‘rsatish.
Fanni o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Talabalarning Buxgalteriya hisobi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stentlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma‘ruza, amaliy shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, klaster, insert, aqliy hujum va boshqa interfaol usullar va taqdimotlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |