2. Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari
2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar
ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning
1.5
va
1.6-bandlarida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
2.8. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida
doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati
vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda
o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi,
buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich
hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi
inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga
*
muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol
inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
qiymatliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda
o‘z majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, shu’balar
rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga
yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshiradi;
inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi,
shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy
qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar,
qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta o‘zaro o‘rniga hisobga olish
bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda (inventarizatsiya o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa
hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi
inventarizatsiyalarni o‘tkazadi;
qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l
qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda
qiymatliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini
amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini
aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha
chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida
kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish
va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va
ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida
o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-
kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq
qayd etilishi uchun;
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi,
rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi
uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida
rasmiylashtirilishi uchun.
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi
va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga qiymatliklarning
haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan
tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni
boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so‘nggi kirim-
chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni
olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim
hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa
buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk
qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha
kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib
tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani
to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun
ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
2.11. Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga
buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish
davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani o‘tkazish
bo‘yicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy qiymatliklar
saqlanayotgan
xona
inventarizatsiya
komissiyasi
ketayotganida
muhrlanishi
kerak.
Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga
ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda)
saqlanishi shart.
Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar
bajarilishini nazorat qilish kitobida ro‘yxatga oladi (2-ilova
*
).
2.12. Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin
ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:
yordamchi binolar, yerto‘lalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari
bo‘lgan boshqa joylarni plombalashga;
og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamg‘alashning
belgilangan muddatlariga rioya qilishga.
2.13. To‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar
inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qo‘yiladi.
Qiymatliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay bo‘lgan
ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
2.14. Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag‘lari va
boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni
saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xo‘jalik, savdo
korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan
amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish,
o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Mol yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar
bo‘yicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir
qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan
mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l
qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan
ko‘p miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi
inventarizatsiya komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni
oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va
chiqarilgan yakun inventarizatsiya ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari
ro‘yxatga ilova qilinadi.
2.15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori
ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
2.16. Ro‘yxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar
shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya
qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday
da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda keltirilgan qiymatliklar mas’ul saqlashga qabul qilinganini
tasdiqlaydigan tilxat beradi.
Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan
holda inventarizatsiya ro‘yxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan
shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida ro‘yxatlar
tuziladi.
2.17. Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya bo‘yicha
boshlang‘ich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qo‘llaniladi. Inventarizatsiyada
inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar
xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar,
ko‘chatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan ro‘yxat
shakllari qo‘llaniladi.
2.18. Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi. Hech
qanday bo‘yash va o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir sahifasida so‘z bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib
raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday o‘lchov birliklarida ko‘rsatilganidan qat’i nazar,
mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozuvlar ustiga chizish va
chizilganlari ustiga to‘g‘ri yozuvlarni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh
berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar
tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatlarning oxirgi varaqlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
2.19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya ro‘yxatlarida
xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilguniga
qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga ma’lum qilishlari kerak. Moddiy javobgar
shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, o‘tkazib
yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor,
omborxona, shu’ba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi
ko‘rsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan
xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
2.20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul
mablag‘larining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularning kutilmaganda o‘tkazilishini
ta’minlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda
to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya
o‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
2.21. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xo‘jalik yurituvchi
subyektning
buxgalteriyasi
barcha
tegishli
schyotlar
bo‘yicha
yozuvlarni
korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy
vositalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda)
foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar
bo‘yicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan
chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha — barcha
xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.
2.22. Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga
*
muvofiq aktivlar va
majburiyatlar inventarizatsiyasi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlari shakllari qo‘llaniladi.
2.23. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat
tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari a’zolari va
moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor, omborxona,
shu’ba va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish kerak. Inventarizatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilganini
nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (3-ilova
*
) va
inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida
ro‘yxatga olinadi (4-ilova
*
).
|