Tasdiqlangan


Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasi



Yüklə 136,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü136,46 Kb.
#167475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
833-сон 02.11.1999

Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyasi
3.30. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur:
tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.
Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiyasi
3.31. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qog‘ozlar va boshqa
tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan
haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.
3.32. Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani;
qimmatli qog‘ozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
bilan taqqoslash orqali);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va
to‘liq aks ettirilishi.
3.33. Qimmatli qog‘ozlar tashkilotda saqlanganida ularni inventarizatsiyasi kassadagi pul
mablag‘larini inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
3.34. Qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi alohida emitentlar bo‘yicha o‘tkazilib,
dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish muddatlari va umumiy
summasi ko‘rsatiladi.
Har bir qimmatli qog‘oz rekvizitlari xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatlari (reyestrlari,
kitoblari) ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
3.35. Maxsus tashkilotlarga (qimmatli qog‘ozlarni saqlaydigan maxsus joy bank-depozitariy
va h.k.) saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiyasi xo‘jalik yurituvchi
subyekt buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida qayd etilgan summalar qoldiqlarini ushbu
maxsus tashkilotlar ko‘chirmalari ma’lumotlari bilan solishtirishdan iborat bo‘ladi.
3.36. Boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga moliyaviy qo‘yilmalar, shuningdek, boshqa
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berilgan qarzlar inventarizatsiyada hujjatlar bilan tasdiqlanishi
kerak.

Yüklə 136,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin