Tasdiqlangan


 Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish



Yüklə 136,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix28.11.2023
ölçüsü136,46 Kb.
#167475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
833-сон 02.11.1999

4. Inventarizatsiya bo‘yicha solishtirish qaydnomalarini tuzish
4.69. Solishtirish qaydnomalari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlaridan tafovutlar
aniqlangan qiymatliklar bo‘yicha tuziladi.


Solishtirish qaydnomalarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari
o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
Tovar-moddiy qiymatliklarning ortiqcha va kamomadi qiymati solishtirish qaydnomalarida
ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.
Inventarizatsiya 
natijalarini 
rasmiylashtirish 
uchun 
inventarizatsiya 
ro‘yxatlari
(dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtirilgan yagona registrlar
qo‘llanishi mumkin.
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda
bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) qiymatliklarga alohida solishtirish
qaydnomalari tuziladi.
Solishtirish qaydnomalari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda yoki qo‘lda tuzilishi mumkin.
5. Inventarizatsiyadagi farqlarni tartibga solish va inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirish tartibi
5.70. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda
mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk
kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet
tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish
sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar
rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini
moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qotish me’yorlari haqiqatda
kamomad aniqlangan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi qiymatliklar kamomadi
qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar
belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham
qiymatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan
qiymatliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad
sifatida qaraladi.
yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar
buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda tegishli materiallar
kamomad va yo‘qotishlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi
kerak, aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning
yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi 
nizomga
muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki
budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.
Bunda qiymatliklar yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni
buzilishidan yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan
hujjatlarda shunday kamomad va yo‘qotishlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar
ko‘rsatilishi kerak.
Qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha
tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan
chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining
aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan


qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha
inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risida xulosa bo‘lishi
kerak.
Qayta navlarga ajratish orqali o‘zaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va
kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli
shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga
batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan
qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga
kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.
5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik
inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.
5.72. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari ma’lumotlari inventarizatsiyada
aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova
*
) umumlashtiriladi.

1 — 18-ilovalar
 rus tilidagi matnda berilgan.
5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib
chiqish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
6. Kuchga kirish sanasi
6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Yüklə 136,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin