3.62. Naqd pul mablag‘larini inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldig‘i
inventarizatsiya kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi va inventarizatsiya
natijasi aniqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari bo‘yicha u
yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
3.63. Yo‘ldagi pul mablag‘larini inventarizatsiyasi buxgalteriya
hisobi schyotlarida qayd
etilgan summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi va
hokazolarning kvitansiyalari
ma’lumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
3.64. Bankda hisob-kitob va joriy schyotlar,
akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa
schyotlarda bo‘lgan pul mablag‘larini inventarizatsiyasi xo‘jalik
yurituvchi subyekt
buxgalteriyasining ma’lumotlari bo‘yicha tegishli schyotlarda qayd etilgan summalar qoldig‘ini
bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: