7-rasm. Shitangensirkul tasviri. • davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub'ektlarining namunaviy o'lchash vositalari;
• o'zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O'V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo'yicha ishlab chiqarilgan O'V;
• nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo'lgan O'V;
• priborlarni ta'mirlovchi ho'jalik yurituvchi sub'ektlari chiqargan, ta'mirdan keyin boshqa ho'jalik yurituvchi sub'ektlarga berish uchun mo'ljallangan O'V;
• milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o'lchash vositalari;
• davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o'tkazishda, shuningdek bojhona tekshiruvida o'lchashlar uchun qo'llaniladigan O'V;
• o'lchash uchun ishchi O'V sifatida qo'llaniladigan, o'lchash natijalari:
• tabiatni muhofazalash;
• Sog’liqni saqlash;
• mehnat havfsizligini ta'minlash;
8-rasm. Shitangensirkul yordamida detal qalinligini o`lchash. • barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta'minlash;
• ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta'minlash;
• aloqa tizimlarini ta'minlash; • xo'jaliklararo o'zaro hisoblashlar; • savdoning barcha turlari;
• axoliga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo'llaniladigan O'V. O'lchash vositalarini kalibrlash.
• Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo'llaniladigan O'V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
• O'Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta'mirlashda turi tasdiqlanmaydigan O'V tortiladi. O'V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
• O'V ni kalibrlash – O'lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
• Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo'llanilmaydigan sohada o'lchashlar birliligini ta'minlashga yo'naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o'tkazishga o'rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub'ektlar majmui.
• Kalibrlash to‘g’risidagi sertifikat – O'lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
• Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o'lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg’a.